«Lokomotiv» klubining ta'sischilaridan biri o‘zgaradi

Sport 15:44 / 18.01.2020 10029

Toshkentning «Lokomotiv» jamoasi ta'sischilaridan biri sanalmish Toshkent mexanika zavodi klub ustav fondidagi o‘z ulushini topshiradigan bo‘ldi. Bu haqda korparativ axborot yagona portali xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, «Toshkent mexanika zavodi» AJning kuzatuv kengashi aksiyadorlarining navbatdagi tashqari umumiy yig‘ilishini 7 fevral kuni chaqirish to‘g‘risida ma'lumot berilgan bo‘lib, unda Toshkent mexanika zavodining «Lokomotiv» futbol klubi ustav fondidagi 58,2 foiz ulushi Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga berilishi haqida xabar yozilgan.

«Lokomotiv» futbol klubi ustav fondidagi 58,2 foiz ulushi davlat aktivlarini boshqarish agentligiga o‘tgach, klubning yangi ta'sischisi kim bo‘lishi hozircha ma'lum emas.

Ma'lumot uchun, «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ, «O‘ztemiryo‘lovchi» AJ va «Toshkent mexanika zavodi» aksiadorlik jamiyatlari hozirda Osiyo chempionlar ligasi pley-off o‘yiniga tayyorgarlik ko‘rayotgan «Lokomotiv» klubining ta'sischi va homiylari sanaladi.

Ko‘proq yangiliklar: