Hududiy futbol assotsiatsiyalari faoliyatini yanada qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari qabul qilinadi

Sport 10:29 / 18.01.2020 2637

Hududiy futbol assotsiatsiyalari faoliyatini yanada qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari qabul qilinadi. Vazirlar Mahkamasining bu haqdagi qarori loyihasi muhokama uchun joylashtirildi.

Quyidagilar Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy futbol assotsiatsiyalarining asosiy vazifalari etib belgilanishi mumkin:

bolalar va o‘smirlarni futbol bilan shug‘ullanishga qiziqishini oshirish, havaskor futbolni ommaviylashtirish, bu borada umumta'lim maktablari, sport ta'lim muassasalari, mahalla va tashkilotlarda futbol bo‘yicha musobaqalarni tashkil etish;

yuqori iqtidorga ega bo‘lgan yosh futbolchilarni tanlash va saralab olish (seleksiya) tizimini tubdan takomillashtirish;

futbol sohasiga xususiy investitsiyalarni keng jalb etishni tashkil qilish;

futbol sohasini bozor mexanizmlari asosida boshqarilishini ta'minlash;

futbol klublarini xususiy sektorga o‘tkazishni tashkil etish hamda ular orasida sog‘lom sport raqobati muhitini yaratilishini ta'minlash;

futbol musobaqalari tomoshabopligini oshirish hamda futbolni rivojlantirishning yangi tizimini samarali yo‘lga qo‘yish orqali “o‘zbek futboli” brendi yaratilishini ta'minlash;

futbol sohasida malakali mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini oshirish, tanlab olish va rivojlantirishga ilg‘or ilmiy-metodik va innovatsion texnologiyalarini joriy etish;

futbol sohasidagi normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish, futbol infratuzilmasini moddiy-texnik jihatdan yanada yaxshilash hamda xalqaro talablarga moslashtirish yuzasidan doimiy ravishda takliflar ishlab chiqish;

futbolni, shu jumladan hududiy futbol assotsiatsiyalari a'zolarini, futbolchilar, trenerlar va hakamlarni, futbol faxriylari va boshqa mutaxassislarni ilmiy-metodik va moddiy-texnik jihatdan ta'minlashga ko‘maklashish.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlariga quyidagi vazifalarni hal etish yuklatiladi:

hududiy futbol assotsiatsiyalarining moliyaviy hamda moddiy-texnika bazasini mustahkamlashda, tegishli hududda futbolni rivojlantirish uchun homiylar biriktirishda, shuningdek hududiy futbol assotsiatsiyalarini joylashtirish uchun bino-inshootlar ajratiladi;

hududdagi futbol mahorati maktablarining rivojlanishini doimiy nazorat qilish hamda ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlashda ko‘maklashadi;

“Sport maktablari futbol ligasi” va “Professional futbol maktablari ligasi” musobaqalarini Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlari kalendar rejasiga kiritish va ajratilgan mablag‘lar doirasida moliyalashtirilishini o‘z vaqtida amalga oshiriladi;

tegishli hududda professional futbolni rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratilishi, jumladan, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi talablariga asosan har bir tuman (shahar)dan hududiy birinchiliklarda ishtirok etuvchi kamida bitta futbol jamoasi va o‘tkaziladigan musobaqalarga mos ravishda markaziy stadion bo‘lishini ta'minlanadi.

Belgilab qo‘yilishicha:

a) har bir hududiy futbol assotsiatsiyasining birinchi vitse-prezidentlarini lavozimga tayinlash va lavozimidan ozod qilish O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining taqdimnomasiga asosan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan amalga oshiriladi.

b) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan hududiy futbol assotsiatsiyalari faoliyatini moliyalashtirish Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining qo‘shimcha daromadlari hisobidan amalga oshiriladi.

Bunda, hududiy futbol assotsiatsiyalari har yili O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan tasdiqlanadigan xarajatlar smetasi va shtat jadvaliga muvofiq moliyalashtiriladi.

Ko‘proq yangiliklar: