Yangilanayotgan Senat a'zolari: Hokimlar, oqsoqollar va tadbirkorlar

O‘zbekiston 18:30 / 17.01.2020 57256

16-17 yanvar kunlarida O‘zbekiston Respublikasining barcha viloyatlarida, Toshkent shahrida hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasida Oliy Majlis Senati a'zolarini saylash jarayoni bo‘lib o‘tmoqda. 

Senatga saylov O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksi asosida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, mahalliy Kengashlar deputatlarining tegishli qo‘shma majlislarida mazkur deputatlar orasidan yashirin ovoz berish yo‘li bilan o‘tkazilmoqda. Jami 14ta hudud — Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi mahalliy kengashlar tomonidan 6 nafardan jami 84 nafar senator saylanishi ko‘zda tutilgan.

Saylovchi deputatni bevosita saylagan bo‘lsa, Senat a'zosi saylovchi ishonch bildirgan vakili – deputat tomonidan bilvosita saylanadi.

Saylov kodeksining 75-moddasiga muvofiq, Senatning 16 nafar a'zosi fan, san'at, adabiyot, ishlab chiqarish sohasida hamda davlat va jamiyat faoliyatining boshqa tarmoqlarida katta amaliy tajribaga ega bo‘lgan hamda alohida xizmat ko‘rsatgan eng obro‘li fuqarolar orasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadi.

«O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati to‘g‘risida»gi qonunga ko‘ra, saylov kuni yigirma besh yoshga to‘lgan hamda kamida besh yil O‘zbekiston Respublikasi hududida muqim yashayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi Senat a'zosi bo‘lishi mumkin. Ayni bir shaxs bir paytning o‘zida Senat a'zosi va Qonunchilik palatasi deputati bo‘lishi mumkin emas.

Senator daxlsizlik huquqidan foydalanadi.

«Senat a'zosi daxlsizlik huquqidan foydalanadi. U Senatning roziligisiz, Senat majlislari oralig‘idagi davrda esa, Senat Kengashining roziligisiz jinoiy javobgarlikka tortilishi, ushlab turilishi, qamoqqa olinishi yoki sud tartibida beriladigan ma'muriy jazoga tortilishi mumkin emas».

Keyingi besh yillikda quyidagi senatorlar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a'zolari sifatida faoliyat ko‘rsatadi.

Andijon viloyatidan senator bo‘lganlar:

1. Shuhratbek Abdurahmonov (1969), Andijon viloyati hokimi;

2. Ravshanbek Alimov, Tashqi ishlar vazirligining MDH  davlatlari bilan ishlash boshqarmasi boshlig‘i;

3. Matluba G‘aniyeva, Andijon tumani Orol mahalla fuqarolar yig‘ini raisi;

4. Odiljon Iminov, avvalgi chaqiriqdagi Senatning Agrar, suv xo‘jaligi  masalalari va ekologiya qo‘mitasi raisining o‘rinbosari;

5. Tolibjon Madumarov (1959), avvalgi chaqiriqdagi Senatning Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasi raisining  o‘rinbosari;

6. Akrom G‘aniyev, «Nil-granit» MChJ ishlab chiqarish bo‘yicha direktor o‘rinbosari.

Buxoro viloyatidan senator bo‘lganlar:

1. O‘ktam Barnoyev, Buxoro viloyati hokimi;

2. Abera Huseynova, respublika «Oila» ilmiy- amaliy tadqiqot markazining Buxoro viloyati boshqarmasi boshlig‘i;

3. Nurmuhammad Ochilov, Olot tumanidagi «Parvoz Humo Ravnaq Trans» mas'uliyati cheklangan jamiyati ta'sischisi;

4. Erkin Gadoyev, respublika Moliya vazirligi departamenti direktorining birinchi o‘rinbosari;

5. Murtazo Rahmatov, «Buxoro Kotton Tekstil Klaster» paxta - to‘qimachilik klasteri ta'sischisi;

6. Shuhrat Cho‘lliyev, Olot tuman kengashi deputati, muqaddam Senatning Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasi raisining o‘rinbosari lavozimida ishlagan.


Jizzax viloyatidan senator bo‘lganlar:

1. Ergash Soliyev, viloyat hokimi;

2. Xolida Alimova, viloyat bolalar ko‘p tarmoqli bolalar shifoxonasi bosh shifokori;

3. Nazira Muxtorova, viloyat hokimining o‘rinbosari, xotin-qizlar qo‘mitasi raisi;

4. Nusratullo Pardayev, kasaba uyushmalari viloyat kengashi raisi;

5. Risqul Siddiqov, Don va dukkakli ekinlar ilmiy tadqiqot institutining G‘allaorol ilmiy tajriba stansiyasi direktori;

6. Sanobar Suyarova, xalq ta'limi boshqarmasiga qarashli «Umid» maktab internati direktori.

Navoiy viloyatidan senator bo‘lganlar:

1. Qobil Tursunov (1964), Navoiy viloyat hokimi;

2. Ziba Tulekova, Tomdi tumani hokimi o‘rinbosari, Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi;

3. Dilbar Orziyeva, Navoiy shahar «Mehribonlik uyi» direktori;

4. Bahodir Sharipov, «Navoiyazot» aksiyadorlik jamiyati boshqaruv raisi;

5. Ulug‘bek Fayziyev, «ZARAFSHAN GOLDEN GROUP» MChJ ta'sischisi.

6. Jamshid Xo‘jayev, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Navoiy viloyati Kengashi raisi;


Namangan viloyatidan senator bo‘lganlar:

1. Xayrullo Bozorov (1976), Namangan viloyati hokimi;

2. Nosirbek Abdullaxonov, Namangan shahridagi «Anamed» diagnostika markazi rahbari;

3. Anna Dobrix, «Iftixor kiyim sanoat» MChJ rahbari;

4. Ikromxon Najmiddinov, «Nuroniy» jamg‘armasi viloyat bo‘limi raisi;

5. Mahmudjon Parpiyev, «Namangan haqiqati» viloyat gazetasi bosh muharriri;

6. Baxtiyor Umarov, «Istiqlol tekstil dizayn» MChJ direktori.


Samarqand viloyatidan senator bo‘lganlar:

1. Erkinjon Turdimov (1969), Samarqand viloyati hokimi;

2. Rustam Xolmurodov, Samarqand davlat universiteti rektori;

3. Gavhar Alimova, viloyat hokimining o‘rinbosari, xotin-qizlar qo‘mitasi raisi;

4. Hasan Normurodov, «Nuroniy» jamg‘armasi Samarqand viloyat bo‘limi raisi, O‘zbekiston Qahramoni;

5. Farmon Toshev, «Zarafshon" va «Samarkandskiy vestnik» gazetalari birlashgan tahririyati bosh muharriri;

6. Shavkat Jalolov, «Agromir group» direktorlar assotsiatsiyasi Kengashi raisi.


Sirdaryo viloyatidan senator bo‘lganlar:

1. G‘ofurjon Mirzayev (1964), Sirdaryo viloyati hokimi;

2. Dilfuza Uralova, Sirdaryo viloyati hokimining o‘rinbosari, xotin-qizlar qo‘mitasi raisi.

3. Farhod Boqiyev, Sirdaryo viloyati Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar hududiy boshqarmasi boshlig‘i;

4. Xaytxan Artukboyeva, O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi Sirdaryo viloyati bo‘limi mas'ul rahbari;

5. Ulug‘bek Sotiboldiyev, «BEK Sluster» mas'uliyati cheklangan jamiyati qo‘shma korxonasi bosh direktori;

6. Anvar Tuychiyev, Fuqarolarni o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Sirdaryo viloyati Kengashi raisining birinchi o‘rinbosari;


Surxondaryo viloyatidan senator bo‘lganlar:

1. To‘ra Bobolov (1970), Surxondaryo viloyati hokimi;

2. Baxtigul Bo‘tayeva, Qiziriq tumanidagi 17- umumiy o‘rta ta'lim maktabi direktori;

3. Bahodir Qodirov, «Surxon sanoat qurilish» kompaniyasi boshqaruvi raisi;

4. Abdug‘ani Sanginov, «O‘zbekgidroenergiya» AJ boshqaruvi raisi;

5. Arziqul Soatov, FO‘O‘BOFMB Surxondaryo viloyati kengashi raisining keksalar va faxriylar bilan ishlash bo‘yicha o‘rinbosari;

6. Abduqodir Toshqulov, Termiz davlat universiteti rektori.


Toshkent viloyatidan senator bo‘lganlar:

1. Rustam Xolmatov (1961), Toshkent viloyati hokimi;

2. Qutbiddin Burxonov, Adliya vazirligi huzuridagi Yuristlar malakasini oshirish markazi direktori;

3. Malika Qodirxonova, Tadbirkor ayollar uyushmasi Toshkent viloyat bo‘limi rahbari;

4. Zayniddin Nizomxo‘jayev (1954), avvalgi chaqiriqdagi Senatning Fan, ta'lim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasi raisi;

5. Mahmud Toir (1952), O‘zbekiston xalq shoiri;

6. Abdulla Xursanov, Olmaliq tog‘-metallurgiya kombinati bosh direktori.


Toshkent shahridan senator bo‘lganlar:

1. Jahongir Ortiqxo‘jayev (1975), Toshkent shahar hokimi;

2. Tanzila Norboyeva (1956), 25-Sebzor saylov okrugidan deputat, avvalgi chaqiriqdagi Senat raisi;

3. Rustam Kalonov, «Nuroniy» jamg‘armasining Toshkent shahar Kengashi raisi;

4. Azamat Ziyo (1963), O‘z FA Tarix instituti direktori;

5. Shamansur Sagdullayev, O‘zFA O‘simlik moddalari kimyosi instituti direktori;

6. Dilorom Toshmuhammedova (1962), «Oila» ilmiy-amaliy markazi direktori.


Farg‘ona viloyatidan senator bo‘lganlar:

1. Shuhrat G‘aniyev (1968), Farg‘ona viloyati hokimi;

2. Lola Murotova, «Nurli Obod» fermer xo‘jaligi rahbari, O‘zbekiston Qahramoni;

3. Robaxon Mahmudova, Prezidentning Farg‘ona viloyati Xalq qabulxonasi mudiri;

4. Ibrohimjon Sultonov, «Ibrohimjon gilamlari» xususiy ishlab chiqarish  korxonasi rahbari;

5. Topvoldi Xoldorov, «Nuroniy» jamg‘armasi Farg‘ona viloyati bo‘limi raisi;

6. Enaxon Siddiqova (1954), O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Farg‘ona viloyati bo‘limi raisi.


Xorazm viloyatidan senator bo‘lganlar:

1. Farhod Ermanov (1958), Xorazm viloyati hokimi;

2. Gavhar Durdiyeva, Xorazm Ma'mun akademiyasi ilmiy ishlar bo‘yicha rais o‘rinbosari;

3. Ravshanbek Qurbanov, Respublika kardiologiya markazi direktori;

4. Faroxat Sa'dullayeva, «Urganch milliy tikuvchilik» oilaviy korxonasi rahbari;

5. Bahodir Tojiyev (1958), avvalgi chaqiriqdagi Senatning Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya qo‘mitasi raisi;

6. Umarbek Sharipov, «Tillo domor» xususiy korxonasi rahbari.


Qashqadaryo viloyatidan senator bo‘lganlar:

1. Zoyir Mirzayev (1968), Qashqadaryo viloyati hokimi;

2. Abdurahim Irkayev, Qarshi davlat universiteti milliy g‘oya va ma'naviyat asoslari kafedrasi dotsenti;

3. Shermat Shamsiyev, «Muborak gazni qayta ishlash zavodi» MChJ direktori;

4. Ilhom Qurbonov, «Amu-Qashqadaryo» ITXB boshlig‘i;

5. Xurshid Fozilov, Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya markazi Qarshi filiali direktori;

6. Feruza Eshmatova, avvalgi chaqiriqdagi Oliy Majlis Qonunchilik Palatasi Xalqaro ishlar va parlamentlararo masalalari Qo‘mitasi raisi o‘rinbosari.


Qoraqalpog‘iston Respublikasidan senator bo‘lganlar:

1. Musa Yerniyazov (1947), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining Raisi;

2. Gulistan Annaqlicheva (1948), «Qoraqalpoq adebiyati» gazetasi bosh muharriri;

3. Oral Ataniyazova (1956),  Toshkent pediatriya tibbiyot instituti Nukus filiali direktori;

4. Abat Daniyarov (1987), O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashining raisi;

5. Batir Matmuratov (1960), avvalgi chaqiriqdagi Senatning Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasi raisi;

6. Sharap Usnatdinov (1941), «Nuroniy» jamg‘armasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘limining raisi.


Ijtimoiy tarmoqda saylangan senatorlar orasida yoshlar deyarli yo‘qligi kinoyalarga sabab bo‘lmoqda.

Jumladan, @davletovuz kanali muallifi yangilanayotgan Senatga «Oliy Majlis Ehtirom palatasi» deb nom bergan.

«Yangi shakllanayotgan Senatning sifat tarkibiga qaraydigan bo‘lsak, u keyingi besh yilda ko‘proq oqsoqollar kengashi vazifasini bajaradiganga o‘xshaydi. Oliy Majlis Ehtirom palatasi, desa ham bo‘lar ekan», deb yozadi u.

«O‘zbekiston aholisining uchdan ikki qismi — yoshlar. O‘zbekistondagi amaldorlarning uchdan ikki qismi — keksalar. Ajoyib!», deya munosabat bildirgan «Mehribon piarchi» kanali muallifi.

Ko‘proq yangiliklar: