Dunyoning yashash uchun eng qimmat shaharlari ma'lum qilindi

Tsyurix shahri
Numbeo statistik resursi saytida dunyoning yashash uchun eng qimmat shaharlari ma'lum qilindi. Reytingni tuzuvchi ekspertlar fikricha, yashash qiymati eng yuqori indeksga ega shahar Shveytsariyaning eng yirik shahri – Tsyurix hisoblanadi.
Ta'kidlash joiz, reytingning yetakchi beshtaligidagi qolgan o‘rinlarni ham Shveytsariya shaharlari –Bazel, Lozanna, Jyeneva va Byorn egallagan.
6-8-o‘rinlarni Norvegiyaning Stavanger, Oslo va Tronxeym shaharlari, 9-o‘rinni Islandiya poytaxti Reyk'yavik va 10-o‘rinni yana bir norveg shahri – Bergen egallagan.
Dunyoning qolgan megapolislaridan Nyu-York va San-Fransisko 11- va 12-o‘rinlarni, Tokio 18-o‘rinni, Parij 24-o‘rinni, London 28-o‘rinni, Dubay 152-o‘rinni, Moskva 251-o‘rinni egallagan.
Reytingga shuningdek Toshkent ham kiritilgan. U 413-o‘ringa qo‘yilgan.
Ro‘yxatda Markaziy Osiyo davlatlari shaharlaridan Ostona 386-o‘rinni, Olmaota 389-o‘rinni, Bishkek 410-o‘rinni egallagan.
Mavzuga oid

21:10 / 08.03.2025
Yangiyo‘lda ko‘prikning bir qismi o‘pirildi

09:21 / 08.03.2025
Tez yordam xodimlari uy yo‘lagida tashlab ketgan fuqaroning holati haqida ma’lumot berildi

16:24 / 07.03.2025
“Vahimaga tushmang” - Kadastr agentligi yerlar xitoyliklarga sotilayotgani haqidagi mish-mishlarni rad etdi

09:32 / 07.03.2025