Alisher Usmonov kompaniyasi «Everton»ning yangi stadionini nomlash huquqini sotib oldi

Sport 07:53 / 15.01.2020 32159

Asosiy hissadori rossiyalik tadbirkor Alisher Usmonov bo‘lgan USM kompaniyasi 35 mln yevroga «Everton» klubining yangi stadionini nomlash huquqini sotib oldi. Bu xaqda ingliz klubi o‘z rasmiy saytida xabar qildi.

Foto: Everton FC/PA
Foto: Everton FC/PA

Liverpul shahri klubining yangi arenasi 2023 yilda qurilishi kutilmoqda. Usmonov «Everton»ning hissadori Farhod Moshirining biznes-hamkori sanaladi.

Eslatib o‘tamiz, Alisher Usmonov 10 yildan ko‘proq vaqt davomida Londonning «Arsenal» klubi hissadorlaridan biri edi, ammo 2018 yilda o‘z ulushini «to‘pchilar»ning asosiy hissadori Sten Kronkega sotib yuborgan.

Ko‘proq yangiliklar: