«Paxtakor»ning yillik budjeti 20 mln yevro, ular Adebayor va Obi Mikelni olib kelishmoqchi». Cheran klubni kim moliyalashtirayotgani haqida

Sport 15:13 / 14.01.2020 55315

Serbiya poytaxti Belgraddagi ta'tili davomida Dragan Cheran «Mozzarspor» nashriga intervyu berib, serb jurnalistlariga klub homiysi, budjeti va transfer qiziqishlari haqida gapirib berdi.

«Paxtakor» klubini kim moliyalashtiradi?» - deya berilgan savolga 32 yoshli forvard quyidagicha javob berdi:

Alisher Usmonov
Foto: EPA / TASS

«Bosh homiy – Alisher Usmonov. U rossiyalik milliarder bo‘lsa-da, O‘zbekistonda tug‘ilgan. Bir necha yil avval Londonning «Arsenal» klubidagi ulushini 600-700 million yevroga sotgandi. Usmonov «Paxtakor»ning bosh homiysi sanalsa-da, klubga deyarli kelmaydi – o‘zi tayinlagan odamlar orqali boshqaradi. Klubning yillik budjeti hozirda 20 million yevroni tashkil etmoqda. Jamoa marketing borasida ham ishlarni boshlab yuborgan. Imkonqadar ko‘proq homiylarni jalb qilishmoqda. Siz yaxshi o‘ynashda davom etsangiz, homiylar topilaveradi. Biz O‘zbekistonda barcha sovrinlarni yutdik va yaxshi homiylarga ega bo‘ldik. Ular Adebayor, Obi Mikel singari taniqli futbolchilarga qiziqayotganliklari haqida xabarlar bor. Chindanam, ular bu ikki futbolchini taklif etmoqchi. Shaxsan bosh murabbiy Shota Arveladze bu futbolchilarni tarkibda ko‘rmoqchi» - deydi Dragan Cheran suhbat davomida.

Eslatib o‘tamiz, Dragan Cheran 2019 yilgi mavsum yakuniga ko‘ra, «Superliganing eng yaxshi futbolchisi» deya e'tirof etilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: