Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonning Abu-Dabidagi elchixonasi binolar kompleksi quriladi

Foto: Wikipedia
Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasining Birlashgan Arab Amirliklarining Abu-Dabi shahridagi Elchixonasi binolar kompleksini qurish va jihozlash bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston hukumati bilan Birlashgan Arab Amirliklari hukumati o‘rtasida 2019 yil 25 martda Abu-Dabi shahrida imzolangan, O‘zbekistonning Birlashgan Arab Amirliklaridagi elchixonasini joylashtirish uchun yer uchastkasini taqdim etish to‘g‘risidagi bitimni amalga oshirish maqsadida, O‘zbekistonga Abu-Dabi shahrida O‘zbekistonning elchixonasi binolari kompleksini qurish va jihozlash uchun Abu-Dabi shahri, diplomatik tumani, G‘arbiy Havzada (W59/2) joylashgan umumiy maydoni 5575 kv.m bo‘lgan 9-sonli yer uchastkasi ajratilgan.
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligining 2020-2021 yillarda O‘zbekistonning Birlashgan Arab Amirliklaridagi elchixonasining elchixona binosi, konsullik masalalari bo‘yicha fuqarolarni qabul qilish uchun alohida bino, elchi uchun qarorgoh, nazorat-o‘tkazish punktlari, muhandislik-texnik blok, sport inshootlari, 6ta mashina uchun yopiq garaj, elchixona xodimlari va tashrif buyuruvchilar uchun ochiq avtoturar joy kabi obektlardan iborat binolari kompleksini qurish va jihozlash to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berildi.
Kompleksni qurish va jihozlash doirasida:
Tashqi ishlar vazirligi - buyurtmachi;
“O‘zshaharsozlikLITI” DUK - bosh loyihachi tashkilot;
“Trest-12” AJ - bosh pudratchi tashkilot;
2022 yil 1 dekabr - foydalanishga topshirish muddati etib belgilandi.
Tashqi ishlar vazirligi:
sug‘urta tashkiloti bilan kompleksni qurish va jihozlashga jalb etiladigan shaxslar Birlashgan Arab Amirliklari hududida bo‘lish davrida ularning hayoti va sog‘lig‘ini sug‘urtalash shartnomasi hamda kompleksni qurish va jihozlash davrida qurilish xavflarini sug‘urtalash shartnomalari tuzilishini;
bosh loyihachi va pudratchi tashkilotlarga kompleksni qurish hamda jihozlash davomida safarbarlik ishlarini tashkil etishga ko‘maklashishni;
kompleksni qurish bo‘yicha shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqilishi va vakolatli organlarda ekspertizadan o‘tkazilishini belgilangan tartibda ta'minlaydi.
Bosh pudratchi tashkilotga Abu-Dabi banklarida hisobvaraqlar ochish va ajratilgan mablag‘lar doirasida xorijiy valutani belgilangan tartibda xarid qilish hamda tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo‘lganda, valuta mablag‘larini kompleksni qurish va jihozlash bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash (Birlashgan Arab Amirliklari hududida undiriladigan yig‘imlar, soliqlar va to‘lovlar, shuningdek, tovarlar va xizmatlar) uchun keyinchalik ushbu hisobvaraqlarga o‘tkazishga ruxsat berildi.
Buyurtmachi va bosh pudratchi tashkilotga valuta mablag‘laridan maqsadli va oqilona foydalanish bo‘yicha mas'uliyat yuklandi.
Belgilab qo‘yilishicha, kompleksni qurish va jihozlash ishlari yakunlangach, shuningdek, Abu-Dabi banklaridagi hisobvaraqlar yopilgandan so‘ng bosh pudratchi tashkilot foydalanilmay qolgan valuta mablag‘larini Davlat budjetiga qaytarish uchun buyurtmachiga qaytarib beradi.
Tashqi ishlar vazirligi bosh loyihachi va bosh pudratchi tashkilot bilan birgalikda ikki oy muddatda Birlashgan Arab Amirliklarining qurilish me'yorlari va standartlariga muvofiq tegishli loyiha va qurilish-montaj hujjatlarini ishlab chiqish uchun Amirlikning muhandislik kompaniyasi belgilangan tartibda jalb qilinishini ta'minlaydi.
Davlat bojxona qo‘mitasi kompleksni qurish va jihozlash ishlari uchun olib chiqiladigan zarur qurilish texnikasi, mashinalar va mexanizmlar, qurilish materiallari, uskuna hamda boshqa tovarlarning belgilangan tartibda tezkor bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshiradi.
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ va Uzbekistan Airways AJ buyurtmachi, bosh pudratchi va bosh loyihachi tashkilotlarning buyurtmanomalari bo‘yicha:
kompleksni qurish va jihozlash uchun qurilish texnikasi, mashinalar va mexanizmlar, qurilish materiallari, uskunalar va boshqa tovarlarni O‘zbekiston hududi bo‘ylab va tranzit mamlakatlar orqali Abu-Dabi shahriga tashib borish va qaytarib olib kelishni ta'minlaydi. Zaruratga ko‘ra, charter havo yuk tashuvini tashkil etishni nazarda tutadi;
kompleksni loyihalashtirish, qurish va jihozlash ishlarini bajarishga jalb etiladigan shaxslar uchun harakatlanish hujjatlari bron qilinishi va sotib olinishini ta'minlaydi.
Tavsiya etamiz
Soch to‘kilishi, ko‘z osti qorayishi, lab yorilishi: tana tili bizni nimalardan ogohlantiradi?
Jamiyat | 17:08 / 10.07.2025
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
BMT: Ukrainada iyunda tinch aholi orasida qurbonlar soni eng yuqori ko‘rsatkichga yetdi
Jahon | 13:45
-
Yevropaning 12 shahrida jazirama harorat tufayli 2,3 ming kishi vafot etdi
Jahon | 13:20
-
Niderlandiya sudi Rossiyaga chiplar haqida ma’lumot topshirilishi ishi bo‘yicha hukm chiqardi
Jahon | 13:09
-
Buxoroda kelinini pichoqlab o‘ldirgan qaynota 7 yilga qamaldi
Jamiyat | 12:41
Mavzuga oid

19:12 / 20.06.2025
O‘monda tutqunlikda saqlangan ayol va uning farzandlari O‘zbekistonga qaytarildi

21:18 / 18.06.2025
Isroil sayyohlarga mamlakatdan xavfsiz chiqib ketish imkonini yaratdi

22:38 / 17.06.2025
O‘zbekiston ukrainalik bolalarga o‘quv qurollari to‘plamini sovg‘a qildi

18:20 / 17.06.2025