«Keyrushni O‘zbekistonga chaqirmoqchi edilar, ammo u 6-7 million yevro maosh so‘radi»

Sport 10:22 / 14.01.2020 20729

«Paxtakor» hujumchisi Dragan Cheran Serbiyaning «Mozzarsport» nashriga bergan intervyusi davomida O‘zbekiston milliy jamoasiga Karlos Keyrushni chaqirmoqchi bo‘lganlari haqida gapirib o‘tdi.

«Ektor Kuper milliy jamoa ruhiyatini o‘zgartirishga urindi, ammo bu foyda bermadi. Futbolchilar katta o‘yinlarda o‘zlarini yo‘qotib qo‘ygandek to‘p surishdi. Kuper iste'foga chiqarilgach, mahalliy murabbiy tayinlandi. O‘zbekistonga Karlos Keyrushni chaqirmoqchi bo‘lishdi, ammo uning talabiga ko‘nishmadi. Keyrush yiliga 6-7 million yevro maosh so‘radi, ular esa bu shartga ko‘nishmadi» - deydi suhbat davomida Dragan Cheran.

Eslatib o‘tamiz, Eron milliy jamoasini 2011 yildan buyon boshqarib kelgan Karlos Keyrush 2019 yilda jamoani tark etgach, ko‘p o‘tmay Kolumbiya milliy jamoasi bosh murabbiy sifatida ish boshladi.

Ko‘proq yangiliklar: