Fotoreportaj: Andijonda Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlab harbiy parad o‘tkazildi

O‘zbekiston 19:13 / 14.01.2020 7963

Bugun Andijon shahrida 14 yanvar - Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan bilan bir qator tadbirlar bo‘lib o‘tdi. Erta tongda viloyat rahbarlari, harbiy va harbiylashtirilgan idoralar, IIB, Milliy gvardiya bo‘linmalari, tashkilotlar va jamoatchilik vakillari shahar markazida joylashgan Xotira xiyobonidagi ona haykali poyiga gul qo‘yish marosimida ishtirok etdilar.

Shundan so‘ng shahar markazidagi Amir Temur va Navoiy shohko‘chalarida aholi vakillariga harbiylar, texnikalar hamda viloyat tashkilotlaridan tashkil topgan ishtirokchilardan iborat parad va ko‘rgazmali chiqishlar namoyish etildi. Paradda ishtirok etgan qatnashchilar va tomoshabinlar soni 35 ming nafardan ziyodni tashkil etdi.    

Elmurod Ermatov,
KUN.UZ muxbiri 

Ko‘proq yangiliklar: