«Barsa»ning yangi murabbiyi haqida 10ta fakt

Sport 13:37 / 14.01.2020 17049

1. Kike Seten plyaj futbolida boshlagan.

2. Santanderning «Rasing» klubida u Maestro nomini olgan va klub ramzlaridan biriga aylangan, u bu klub safida 12 mavsum davomida to‘p surgan. Bundan tashqari, u santanderliklar klubini 2001/02 yilgi mavsumda boshqargan hamda klubni birinchi divizionga olib chiqqan.

3. U «Barsa» tarixidagi uchinchi kantabrianlik murabbiy bo‘ldi. Ungacha Enrike Orisaola (1961) va Laureano Ruis (1976) ham katalonlar klubida ishlagan.

4. Seten futbolchi sifatida «Barselona»ga qarshi 22 marta o‘yin o‘tkazib (+5=5-12), ikki gol urgan.

5. Murabbiy sifatida esa Kike ko‘k-anorranglilar bilan jami 7 marta to‘qnashgan, 6 marta mag‘lub bo‘lib, bir marta «Kamp Nou»dagi o‘yinda g‘alaba qozongan.

6. U murabbiy sifatida turli yillarda «Rasing», «Poli Exido», «Logrones», «Lugo», «Las-Palmas» va «Betis» klublarida ishlagan, shuningdek bir muddat davomida Ekvatorial Gvineya terma jamoasi bosh murabbiyi vazifasini bajaruvchi bo‘lgan.

7. U «Kamp Nou»ga safarlaridan birida Serxio Busketsdan futbolka sovg‘a olgan, unda shunday bitiklar qayd etilgandi: «Sizning futboldagi qarashlaringizga hayrat bilan. Barcha yaxshi tilaklar».

8. Seten «Barsa»ning sobiq futbolchilari Bartra, Kaptum, Telo, Sanabriya, Arauxo, Xalilovich va Kevin-Prins Boateng bilan ishlagan, shuningdek, ayni vaqtda katalonlar klubi a'zosi bo‘lgan Firpo uning «Betis»dagi shogirdi edi.

9. «Barselona»ning yangi murabbiyi hamisha Lionel Messining o‘yinlaridan hayratlangan.

10. Kike — shaxmat ishqibozi. U jahonning sobiq chempionlari Anatoliy Karpov va Gari Kasparov kabi shaxmatchilarga qarshi dona surishga muvaffaq bo‘lgan.

Ko‘proq yangiliklar: