Akusherlik va ginekologiya markazidagi talon-torojlik: markazning 5 nafar mansabdori qamoqqa olindi

O‘zbekiston 15:50 / 14.01.2020 82871

Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash Departamenti tomonidan Respublika ixtisoslashtirilgan akusher va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida o‘rganish o‘tkazilgani xabar qilingandi.

Markaz mansabdor shaxslari so‘nggi 2 yilda 15,3 mlrd. so‘m, shu jumladan, pullik xizmatdan tushgan 13,2 mlrd. so‘m naqd pul bankka topshirmasdan hamda xodimlarning 1,1 mlrd. so‘m ish haqi tarqatmasdan, o‘zlashtirilganligi aniqlangan.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi boshlig‘i Hayot Shamsutdinovning Kun.uz’ga xabar berishicha, hozirda ushbu holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, markazning 5 nafar mansabdor shaxsi qamoqqa olingan.

Bundan oldin, Akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga 6 mlrd so‘mlik budjet ssudasi ajratilishi mumkin ekani xabar qilingandi.

Ko‘proq yangiliklar: