Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«90 foiz aholi propiskaga qarshi» – O‘zbekistondagi ichki migratsiyaga oid tadqiqot e'lon qilindi

O‘zbekiston ichki migratsiya darajasi bo‘yicha jahonda eng quyi o‘rinlarda turadi. Mamlakatdagi urbanizatsiya ko‘rsatkichlarida 2009 yildan buyon turg‘unlik kuzatilmoqda.
Jahon banki tadqiqotchisi Uilyam Seiz o‘tkazgan tadqiqotda shu haqda so‘z boradi.
Muallif ichki migratsiyaga to‘siq bo‘layotgan ikki asosiy omilni keltirib o‘tgan: propiska rejimi va shaharda yashash xarajatlarining qishloq hududlarga nisbatan ancha yuqoriligi.
Ma'lum bo‘lishicha, poytaxt Toshkentda yashash xarajatlari O‘zbekiston bo‘yicha o‘rtacha ko‘rsatkichdan 5,5 barobarga ko‘p. Bu esa qishloqlarda yashayotgan deyarli barcha fuqarolarning poytaxtda hayot kechirishga qurbi yetmasligini bildiradi.
2018 yilda Toshkent shahridagi o‘rtacha maosh miqdori qishloq joylardagi o‘rtacha oylikdan 88 foizga, respublika miqyosidagi o‘rtacha maoshdan 61 foizga yuqoriroq bo‘lgan.
So‘rovlar natijasiga ko‘ra, aholining taxminan 90 foizi – barcha registratsion cheklovlarni bekor qilish tarafdori.
Ta'kidlanishicha, propiska rejimini bekor qilish bilangina urbanizatsiya faollashishiga erishib bo‘lmaydi. Buning uchun shaharlarda arzon uy-joylar qurish sur'atini oshirish kerak. O‘tkazilgan so‘rovlar o‘zbekistonliklarning 80 foizdan ko‘prog‘i bu fikrga qo‘shilishini ko‘rsatgan.
Tadqiqotchining fikricha, aholining ko‘chish sur'atlari sustligi mamlakatda mehnat unumdorligi va bandlik darajasi o‘sishiga salbiy ta'sir qiladi.
O‘rganish natijasida quyidagi choralar tavsiya etilgan:
- shaharlarda keng miqyosda arzon ijara uylarini qurish va ijara uy-joy bozorini shakllantirish (Singapur, Hongkong va Xitoy tajribasi);
- ko‘chmas mulk daxlsizligini ta'minlash (bu o‘z navbatida investorlarni uy-joy qurishga rag‘batlantiradi);
- ham uy-joy qurilishi bilan shug‘ulanuvchi korxonalar, ham uy-joy sotib oluvchilar uchun maqsadli subsidiyalar ajratish;
- shaharlarni rejalashtirishga (maktab, shifoxona va boshqa ijtimoiy obektlar joylashuvi) alohida e'tibor qaratish va hk.
Jahon banki rasmiy saytida e'lon qilingan tadqiqot bankning «Qashshoqlik va tenglik» global amaliyoti doirasida o‘tkazilgan bo‘lib, undagi ma'lumotlar Jahon banki va Taraqqiyot strategiyasi markazi hamkorligida 2018 yildan buyon o‘tkazib kelinayotgan «O‘zbekiston fuqarolarini tinglash» so‘rovi natijalariga asoslangan.
Eslatib o‘tamiz, 2019 yil boshida O‘zbekistonda Urbanizatsiya agentligi tashkil etilgan. Mamlakatda urbanizatsiya darajasini 2030 yilgacha deyarli 2 barobarga oshirib, 60 foizga yetkazish vazifasi qo‘yilgan. Respublikada 16 va undan ko‘p qavatli uylar qurilishiga urg‘u berilmoqda. 2021 yilga qadar propiska rejimida jiddiy o‘zgarish bo‘lishi kutilyapti.
- O‘zbekistonda yangi uy-joy siyosatini amalga oshirish asosida urbanizatsiya jarayonlari faollashtiriladi
- Amalda shahardagi aholining turmush tarzi qishloqqa xos – vazirlik
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Trampning «katta chiqishi»: hammasi o‘zgarishi mumkin
Jahon | 23:54 / 14.07.2025
-
Avstarliyada syorfer yigit bir kecha okeanda qolib ketdi
Jahon | 23:51 / 14.07.2025
-
Toshkent shahri prokurori lavozimidan ozod etildi
O‘zbekiston | 23:38 / 14.07.2025
-
Prezident administratsiyasi rahbariga 5 nafar o‘rinbosar lavozimi joriy etildi, Termizda Rossiya harbiylari bilan o‘quv mashg‘uloti boshlanmoqda - mahalliy dayjest
Jahon | 23:28 / 14.07.2025
Mavzuga oid

10:00 / 13.07.2025
Toshkent propiskasining ochilishi, avtoterroristlarga chora va poraxo‘rlik “xit-paradi” - hafta dayjesti

21:33 / 12.07.2025
Rasman: Toshkent propiskasi haqidagi qonun bekor qilinmoqda

19:00 / 07.07.2025
Vaqtinchalik ro‘yxatda turgan fuqarolarning farzandlarini maktabga qabul qilishda cheklovlar mavjud emas – MMTV

09:15 / 15.06.2025