Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda xo‘roz urishtiriladigan yashirin «arena» fosh etildi
Kameralarimiz bilan Oqdaryo tumanidagi bu qishloqqa kirib borar ekanmiz, noqonuniy xo‘roz urishtirish va uning tomoshasiga moslashtirilgan ulkan «Arena» qarshisidan chiqdik. O‘nlab xo‘roz urishtiruvchilar, yuzlab tomoshabinlar «parrandalar jangi»ga pul tikib, qimor o‘ynashar ekan...

Ushbu tezkor tadbir 11 yanvar kuni Samarqand viloyati DXX boshqarmasi va viloyat IIB tezkor xizmat xodimlari tomonidan hamkorlikda olib borildi. Tadbir davomida Oqdaryo tumani «Yangiqo‘rg‘on» MFY, Mahalla qishlog‘idagi «Xo‘rozlar jangi» musobaqasi uchun tashkil etilgan maxsus arena faoliyatiga chek qo‘yildi.
Kun.uz hodisa joyida tafsilotlar bilan qiziqdi. Ma'lum bo‘lishicha, xo‘roz urishtirish uchun qurilgan maxsus arenani shu mahallada yashovchi S.B. tashkil etgan bo‘lib, turmush o‘rtog‘i Ch.G. bilan birga yuritib kelgan.
Ular o‘z hovlisidagi 3,5 sotix maydonga qurilgan maxsus arenada xo‘roz urishtirishni tomosha qilish, o‘yinda qatnashish uchun kelgan 250 nafar fuqaroning har biridan 5 000 so‘mdan 8 000 so‘mgacha bo‘lgan miqdorda pul yig‘ib olishgan.
Bu haqda xonadon egasidan izoh so‘raganimizda, u xo‘roz urishtirish noqonuniy ishligini bilmaganini, arena noyabr oyida faoliyat boshlagani, haftada bir marta o‘yinlar bo‘lishini aytib o‘tdi.
Ammo, xo‘roz urishtirishga kelganlardan biridan bu arenaga qachondan beri kelishi so‘ralganida u qariyb bir yildan beri kelishini ma'lum qildi.
IIB xodimlari tomonidan tadbir davomida xo‘roz urishtirish tomoshasiga kelgan fuqarolarning shaxsi aniqlanib, ularning jinoyatga aloqadorligi tekshirildi va ushbu shaxslarga tegishli 60ta transport vositasining hujjatlari ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, jami 31 nafar fuqaro o‘ziga tegishli bo‘lgan xo‘rozlarni urishtirish maqsadida olib kelgani aniqlanib, tegishli tartibda rasmiylashtirildi.
Biz xo‘roz urishtiruvchilar bilan gaplashganimizda ular xo‘roz urishtirish jarayonida g‘alaba uchun odatda 200 ming so‘m tikilishini aytishdi. Eng katta tikiladigan summa 1 million so‘mgacha ekan.
S.B. yashagan xonadon MIB xodimlari tomonidan tekshirilganda xo‘roz urishtiriladigan maxsus arenaga tabiiy gazni noqonuniy tarzda ulab foydalanayotgani aniqlandi.
Davlat soliq idorasi xodimlari esa S.B.ning yashash xonadonida noqonuniy chakana savdo bilan shug‘ullanish holatini aniqlashdi va 12 turdagi, umumiy qiymati 720 000 so‘mlik tovar moddiy boyliklar tegishli tartibda hujjatlashtirib olindi.
Bugungi kunda fuqaro S.B. va uning turmush o‘rtog‘ining noqonuniy faoliyati yuzasidan Oqdaryo tuman IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 278-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mahallada xo‘roz urishtirish uchun maxsus arena qurilyapti, fuqaroning o‘zi aytganidek, noyabr oyidan beri faoliyat yurityapti, shuncha odam yig‘ilyapti, ammo bu haqda mahalla kotibidan izoh o‘raganimizda u hech narsadan bexabarligini aytib turibdi.
Qolaversa, har safar xo‘roz urishtirish bo‘ladigan kun, mahallaning tor ko‘chasida, uzoq-yaqindan kelgan tomoshabinlar va xo‘roz urishtiradigan shaxslarga tegishli 50-60ta yengil mashina yig‘ilyapti. Nahotki mahalla raisi, kotibi, mahalla oqsoqollari hech narsani ko‘rmagan, sezmagan bo‘lsa?! Profilaktika inspektori-chi?
G‘ayrat YO‘LDOSh, Kun.uz muxbiri.
Faxriddin HOTAMOV suratlari.
Tavsiya etamiz
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
Taekvondochi Ulug‘bek Rashidov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sport | 11:00 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Har yakshanba kunlari Toshkentdan Maldivga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar
O‘zbekiston | 09:00 / 11.07.2025
-
Lavrov Shimoliy Koreyada Kim Chen In bilan uchrashdi
Jahon | 21:38
-
Rasman: Toshkent propiskasi haqidagi qonun bekor qilinmoqda
O‘zbekiston | 21:33
-
Farg‘onada Qirg‘izistondan keltirilgan 14700 dona kuchli ta’sir qiluvchi dori musodara qilindi
O‘zbekiston | 21:14
Mavzuga oid

20:48
Taxtaqoracha dovonida pulli tunnel quriladi

22:00 / 05.07.2025
«Samarqand qog‘ozi» geografik ko‘rsatkich sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi

08:25 / 05.07.2025
Samarqandda inspeksiya bosh mutaxassisi pora bilan qo‘lga tushdi

11:37 / 04.07.2025