Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda ayrim banklar axborotni oshkor qilishga doir talablarga amal qilmagan

Foto: Shutterstock
O‘zbekistonda ayrim banklar axborotlarni oshkor qilishga doir talablarga lozim darajada amal qilmagan. Bu haqda Markaziy bank axborotida aytiladi.
Qayd etilishicha, “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi qonunga muvofiq, bank xizmatlaridan foydalanuvchilar bank va bank xizmatlarini tanlashda erkindir. Banklar esa bank xizmatlari to‘g‘risida shartnoma tuzishdan oldin iste'molchilarga bank xizmatlaridan foydalanish shartlari bilan tanishish imkoniyatini ta'minlashlari shart.
Shu bilan birga, bank xizmatlarini taqdim etishning umumiy shartlari, komissiya to‘lovlari, tariflar va bank xizmatlari uchun foiz stavkalari to‘g‘risidagi ma'lumotlar ochiq ma'lumotlar bo‘lib, bankning rasmiy veb-saytida e'lon qilinadi.
Markaziy bank tomonidan banklarning veb-saytlari yuritilishi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi. Natijada ayrim banklar axborotlarni oshkor qilishga doir talablarga lozim darajada amal qilmaganligini ko‘rsatdi. Xususan, ayrim banklarning veb-saytlarida:
dolzarb ma'lumotlar joylashtirilmagan;
xizmatlar haqidagi ma'lumotlar yangilanmagan yoki taqdim etilayotgan xizmatlarning shartlari to‘liq keltirilmagan;
potensial qarz oluvchilar uchun kreditning to‘liq qiymatini mustaqil ravishda hisoblash imkoniyati yaratilmagan;
qarz oluvchilar uchun shaxsiy kabinet ochish imkoniyati mavjud emas;
murojaatlarni yuborish uchun imkoniyatlar yaratilmagan.
Joriy yilning 10 yanvar kuni Markaziy bank tomonidan tijorat banklari vakillari bilan banklar faoliyati va ular tomonidan taqdim etilayotgan xizmatlar to‘g‘risida o‘z vaqtida, to‘liq va ishonchli ma'lumotlarni e'lon qilish masalalari bo‘yicha uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuvda qayd etilishicha, banklarning o‘z xizmatlari to‘g‘risida axborotlarni oshkor qilinishi iste'molchilarning ishonchli va to‘liq ma'lumot olish huquqini ta'minlaydi, uning oshkor qilinmasligi esa bank faoliyatida yo‘l qo‘yilgan qo‘pol qoidabuzarlik hisoblanadi.
Shu munosabat bilan korporativ veb-saytlar orqali ma'lumotlarni oshkor qilishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘ygan banklarga ularni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
Toshkentda piyodalarga yo‘l bermagan haydovchilarni qayd etuvchi kameralar ishga tushirildi
Jamiyat | 17:45 / 14.07.2025
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
2 yilda respublikada o‘rnatilgan liftlarning 78 foizi texnik sinovdan o‘tkazilmagan
O‘zbekiston | 12:05
-
O‘zbekistonlik hamshiralar Bahraynga ishlash uchun yuborilishi mumkin
O‘zbekiston | 12:01
-
“Mehnatlarim havoga uchyapti” - To‘raqo‘rg‘onda bog‘ yaratgan tadbirkorning yeri olib qo‘yilyapti
Jamiyat | 11:57
-
🔴 LIVE: Trampning ultimatumi: real ogohlantirishmi yoki puch tahdid?
Jahon | 11:29
Mavzuga oid

07:51
Markaziy bankning banklarda tekshirish o‘tkazish tartibi o‘zgaradi

15:21 / 12.07.2025
O‘zbekistonning umumiy tashqi qarzi 70 mlrd dollarga yaqinlashdi

21:57 / 08.07.2025
O‘zbekistonning oltin-valuta zaxiralari 6 oy ichida ilk marta kamaydi

12:40 / 25.06.2025