Obidjon Latipov: «Qiyinchilik bilan saylanganim o‘zgarishlar natijasidir»

O‘zbekiston 20:31 / 13.01.2020 13986

13 yanvar kuni xalq deputatlari Toshkent shahar kengashining yangi chaqiriqdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyada Toshkent shahri deputatlari ishtirok etdilar.

Jahongir Ortiqxo‘jayev Toshkent shahri hokimi etib qayta saylangan sessiya yakunida shahar deputatlari safiga endigina qo‘shilgan Obidjon Latipov bilan suhbat qildik:

– Saylanishim jarayonidan xabaringiz bor. Ikki qayta saylovlardagi mashmashalardan keyin, qiyinchilik bilan saylanganim O‘zbekistondagi o‘zgarishlardan dalolat beradi. Bugungi sessiyaga kelsak, deputat sifatida birinchi bor bunday tadbirda ishtirok etishim. Jahongir Ortiqxo‘jayev nomzodini shaxsan qo‘llab-quvvatladim. Sababi, Toshkent shahar hokimligidagi ochiqlik shu hokim nomi bilan bog‘liq, – dedi deputat.

Eslatib o‘tamiz, “Adolat” sotsial demokratik partiyasi a'zosi, bloger Obidjon Latipov 2020 yil 5 yanvar kuni bo‘lib o‘tgan takroriy ovoz berish natijalariga ko‘ra 6-Cho‘ponota saylov okrugida g‘olib chiqqandi.

Ko‘proq yangiliklar: