Ispaniya Superkubogi. «Real» derbida g‘alaba qozonib, 11-bor Superkubokni qo‘lga kiritdi

Sport 02:13 / 13.01.2020 13391

Madridning «Real» va «Atletiko» jamoalari o‘rtasida o‘tgan Ispaniya Superkubogi finalida asosiy va qo‘shimcha daqiqalarda g‘olib aniqlanmadi. 

Penaltilar seriyasida esa «Real» g‘alaba qozondi va o‘z tarixida 11-bor Ispaniya Superkubogini qo‘lga kiritdi.

Ispaniya Superkubogi, final

Real Madrid – Atletiko Madrid 0:0 
Penaltilar seriyasi: 4:1
12 yanvar, «King Abdullah Spors City»
Penaltilar: Karvaxal (1:0), Saul (ustun), Rodrigo (2:0), Tomas (darvozabon), Modrich (3:0), Tripper (3:1), Ramos (4:1).
Real: Kurtua, Karvaxal, Ramos, Mendi, Varan, Isko (Rodrigo, 60), Kroos (Vinisius, 103), Kazemiro, Valverde, Modrich, Yovich (Mariano, 82).
Atletiko: Oblak, Ximenes (Savich, 98), Tripper, Felipe, Lodi (Lorente, 89), Errera (Vitolo, 56), Saul, Korrea, Tomas, Felish (Aryas, 101), Morata.
Ogohlantirishlar: Felipe (27), Tomas (74), Mendi (90+2), Modrich (90+3), Valverde (111), Karvaxal (116), Savich (116).
Chetlatish: Valverde (115).

Ko‘proq yangiliklar: