Bashar Asad general Sulaymoniyni o‘limidan keyin orden bilan mukofotladi

Jahon 22:47 / 13.01.2020 26862

Suriya prezidenti Bashar Asad AQSh harbiylari zarbasi bilan o‘ldirilgan eronlik general Qosim Sulaymoniyni Suriyaning oliy mukofotlaridan biri – Faxr ordeni bilan mukofotladi. Bu haqda Tasnim axborot agentligi xabar berdi.   

Shuningdek, Suriyada general o‘limi munosabati bilan motam tadbirlari o‘tkazilgan. 

Marhum generalning mukofotlanishi haqida Suriya bosh vaziri Imod Xamis Eronning birinchi vitse-prezidenti Ishoq Jahongiriy bilan Tehrondagi uchrashuvda ma'lum qildi.  

“Bu orden bilan mukofotlash Suriya prezidentining general Sulaymoniy va Eron Islom Respublikasidagi og‘a-inilariga chuqur hurmatini bildiradi”, deb aytgan Xamis.

Ko‘proq yangiliklar: