Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Amerikaliklarning yarmidan ko‘pi Trampning Eronga nisbatan siyosatini ma'qullamasligi aniqlandi

Foto: Reuters
Amerikaliklarning 56 foizdan ko‘prog‘i AQSh prezidenti Donald Trampning Eronga nisbatan siyosatini ma'qullamaydi. Bu Ipsos kompaniyasi va ABS News telekanali o‘tkazgan so‘rovnomada ma'lum bo‘ldi.
Shu bilan birga 43 foiz amerikaliklar bu borada Trampni qo‘llab-quvvatlashadi.
52 foiz respondentlar AQShning eronlik general Qosim Sulaymoniyga qarshi o‘tkazilgan maxsus amaliyoti AQSh xavfsizligiga yomon ta'sir qilishini aytishgan. Respondentlarning 25 foizi Sulaymoniyning o‘limidan keyin AQSh avvalgidan yanada xavfsizroq bo‘lishini, 22 foizi esa amaliyot AQShga ta'sir qilmagani haqidagi fikrni bildirishgan.
41 foiz so‘ralganlar Eron bilan urush bo‘lishi mumkinligidan biroz, 32 foizi esa anchagina xavotirda ekanliklarini bildirishgan. 20 foiz respondentlar esa bu muammodan deyarli tashvishlanmasliklarini, 7 foizi esa umuman xavotirda emasliklarini aytishgan.
So‘rovnomada 525 nafar kishi ishtirok etgan.
Bu orada Tramp AQSh va dunyo Eronda mamlakat rahbariyati Ukrainaga qarashli yo‘lovchi samolyot eronlik harbiylar tomonidan urib tushirilganini tan olgandan keyin boshlangan norozilik namoyishlari ortidan kuzatayotganini aytgan.
“Eron yetakchilari namoyishchilarni o‘ldirmang. Bungacha ulardan minglab nafari o‘ldirildi yoki qamoqqa olindi, dunyo buni kuzatmoqda. Yanada ham muhimi, buni AQSh kuzatmoqda. Internetni yoqib, jurnalistlarga erkin harakatlanishga ijozat bering”, deb yozgan Tramp tvitterda.
“Buyuk xalqingizni o‘ldirishni bas qiling!”, deb qo‘shimcha qilgan AQSh prezidenti.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
Toshkentda piyodalarga yo‘l bermagan haydovchilarni qayd etuvchi kameralar ishga tushirildi
Jamiyat | 17:45 / 14.07.2025
Toshkentda YPX xodimi xizmat mashinasida mototsiklchi bilan poyga o‘ynadi
O‘zbekiston | 17:53 / 12.07.2025
Jar yoqasidagi soha: Muammolar ko‘rsatildi, vazirlar esa jim
O‘zbekiston | 16:43 / 12.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekiston hududiga juda issiq havo oqimi kirib keladi, Etihad Airways O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi - mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 00:06
-
14 iyulda o‘tgan test sinovi natijalari e’lon qilindi
O‘zbekiston | 23:48 / 15.07.2025
-
Tramp Zelenskiy Moskvaga hujum qilmasligi kerakligini aytdi
Jahon | 23:36 / 15.07.2025
-
Google neyrotarmog‘i yutqazish qo‘rquvi sabab shaxmat o‘ynashdan bosh tortdi
Fan-texnika | 23:22 / 15.07.2025
Mavzuga oid

09:45 / 15.07.2025
Rossiya Axios'ning Putinning Eron bo‘yicha pozitsiyasi haqidagi ma’lumotini rad etdi

22:28 / 13.07.2025
Eron prezidenti Isroilning iyun oyidagi hujumida yaralangan - Fars

20:08 / 12.07.2025
Putin Eronga uranni boyitishni to‘liq to‘xtatishni taklif qildi – OAV

08:07 / 10.07.2025