Blumberg: «Trampdan qutulish uchun bor pulimni sarflayapman»

Foto: Gerrits / Getty Images
AQSh prezidentligiga da'vogar Maykl Blumberg 2020 yilgi saylovda amaldagi prezident Donald Trampni Oq uydan ketkazish uchun boyligining katta qismini sarflashga tayyor.
«Birinchi raqamli maqsad – Donald Trampdan qutulish. Undan qutulish uchun bor pulimni sarflayapman», – dedi Blumberg Reuters’ga bergan intervyusida.
Amerikaning sakkizinchi eng boy odami sanalmish milliarder o‘tgan yilning noyabridan buyon o‘z nomzodi targ‘ibotiga demokratlarning boshqa asosiy nomzodlari o‘tgan bir yil davomida sarflaganidan ham ko‘proq mablag‘ ishlatdi.
77 yoshli siyosatchi Demokratlar debatlarining dastlabki oltitasida qatnashmay, poygaga kechroq qo‘shildi va ayni paytda milliy jamoatchilik so‘rovlarida 5-o‘rinda bormoqda. Demokratlardan Jo Bayden, Berni Sanders, Elizabet Uorren va Pit Buttijichlar undan oldinda.
Eslatib o‘tamiz, Amerikada prezidentlik saylovlari 2020 yil 3 noyabriga belgilangan.
- Trampni «taxtdan ag‘darish»ni xohlayotgan Blumberg. Uning imkoniyatlari qanday?
- Blumberg prezidentlik poygasiga qo‘shildi. Bu kuchlar muvozanatini qanday o‘zgartiradi?
Tavsiya etamiz
«Ba’zilar uchun genotsid daromadli» - BMT eksperti butun dunyoni Isroil bilan savdoni to‘xtatishga chaqirdi
Jahon | 18:56 / 04.07.2025
40 daraja issiq: bunaqa paytda xodimlar qanday huquqlarga ega?
Jamiyat | 17:15 / 03.07.2025
Issiqdan qanday saqlanish kerak? – JSST tavsiyalari
O‘zbekiston | 16:06 / 02.07.2025
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AQShda qullikni bekor qilish haqidagi hujjat 13,7 mln dollarga sotildi
Jahon | 17:41
-
Rossiya «Tolibon»ni tan oldi, Tramp Putindan xafa – hafta dayjesti
Jahon | 17:13
-
Janubiy Koreya prokuraturasi sobiq prezidentni yana hibsga olishni so‘ramoqda
Jahon | 17:11
-
Yaman husiychilari Isroil poytaxti aeroportiga raketa zarbasini berdi
Jahon | 16:07
Mavzuga oid

23:01 / 23.01.2023
Forbes Amerikaning eng saxovatli milliarderlari reytingini taqdim qildi

00:26 / 25.09.2020
Tramp Blumbergni jinoyat sodir etganlikda aybladi

18:02 / 14.09.2020
Maykl Blumberg Bayden shtabiga kamida 100 million dollar o‘tkazadi

10:29 / 12.08.2020