Messining transfer bahosi ketma-ket uchinchi marta pasaytirildi

Sport 14:35 / 11.01.2020 15135

Transfermarkt portali ketma-ket uchinchi marta «Barselona» hujumchisi Lionel Messining transfer bahosini tushirdi.

Natijada jahonning eng qimmatbaho futbolchilari ro‘yxatida 32 yoshli argentinalik futbolchi 8-o‘ringa tushdi. Uning transfer bozoridagi hozirgi narxi 140 million yevroni tashkil etmoqda. 

«Barselona» sardoridan oldingi o‘rinlarda «Pari Sen-Jyermen» forvardi Kilian Mbappe (€ 200 mln), «Manchester Siti»dan Rahim Sterling va «Pari Sen-Jyermen»dan Neymar (€ 160 mln), shuningdek, Sadio Mane va Muhammad Saloh («Liverpul»), Harri Keyn («Tottenhem») hamda Kevin De Bryuyne («Manchester Siti») (barchasi - € 150 mln) singari futbolchilar joy olgan.

Ma'lumot uchun, Messi ushbu mavsumda «Barselona» tarkibida 20 o‘yinda maydonga tushib, 16ta gol va 9ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Ko‘proq yangiliklar: