Hafta o‘yinlari: Angliyada Mourino Kloppga qarshi, Italiyada grandlar to‘qnashuvi

Sport 19:10 / 10.01.2020 12545

Ushbu haftaning dam olish kunlari Yevropa «kuchli beshlik» milliy chempionatlarida bir qator markaziy o‘yinlar bo‘lib o‘tadi. Tribuna.uz sayti quyidagi to‘rt to‘qnashuvni tomosha qilishni tavsiya qiladi.

 «KRISTAL PELAS» - «ARSeNAL»
Angliya Premer-ligasi. 22-tur.
11 yanvar (shanba)
O‘yin boshlanish vaqti:
 17:30
TV-translatsiya: «Futbol TV»/«UzReport TV»

Shanba kungi dastlabki o‘yinda Angliya Premer-ligasi turnir jadvalida yonma-yon borayotgan «Kristal Pelas» va «Arsenal» klublari o‘zaro to‘qnash kelishadi. Roy Xojson shogirdlari APL doirasida noyabr oyidan buyon o‘z uylarida mag‘lubiyatga uchraganlari yo‘q. Arteta qo‘l ostidagi o‘tgan «kanonirlar» esa, Premer-ligada so‘nggi marta avgust oyida «Nyukasl» maydonida safardagi yagona g‘alabani qo‘lga kiritishgan. O‘tgan turda «Manchester Yunayted» mag‘lub etilgach, Arteta shogirdlari o‘yinga yaxshi kayfiyatda tashrif buyurishsa-da, «Kristal Pelas»ga qarshi bahs ular uchun jiddiy sinov bo‘lishi aniq.

Imkoniyatlar: 30/40/30 

O‘zaro so‘nggi 5 o‘yin:
27.10.2019. Arsenal – Kristall Pelas – 2:2
21.04.2019. Arsenal – Kristall Pelas – 2:3
28.10.2018. Kristall Pelas – Arsenal – 2:2
20.01.2018. Arsenal – Kristall Pelas – 4:1
28.12.2017. Kristall Pelas – Arsenal – 2:3

«TOTTeNHEM» - «LIVeRPUL»
Angliya Premer-ligasi. 22-tur.
11 yanvar (shanba)
O‘yin boshlanish vaqti:
 22:30
TV-translatsiya: «Futbol TV»/«UzReport TV» 

Angliya Premer-ligasining 22-turi doirasidagi markaziy o‘yin «Tottenhem» hamda «Liverpul» o‘rtasida kechadi. Joze Mourino shogirdlari so‘nggi besh o‘yinda bor yo‘g‘i bitta bahsda g‘alaba qozonishdi, Yurgen Klopp jamoasi esa yo‘liga tushgan raqiblarni ayamayapti. Bu safargi bahsda ham «Tottenhem»ga oson bo‘lmasligi aniq. APL turnir jadvalida 6-o‘rinda borayotgan jamoa navbatdagi ochko yo‘qotilishi natijasida yanada pastlashi mumkin. Qolaversa, Harri Keynning jarohat olishi londonliklar hujumida muammolar bo‘y cho‘zishiga sabab bo‘ladi. Peshqadam «Liverpul» esa kubok doirasida «Everton»ga qarshi yosh tarkib bilan tushib, bor e'tiborini Londondaga o‘yinga qaratgani aniq.

Imkoniyatlar: 30/30/40 

O‘zaro so‘nggi 5 o‘yin:
27.10.2019. Liverpul – Tottenhem – 2:1
01.06.2019. Liverpul – Tottenhem – 2:0
31.03.2019. Liverpul – Tottenhem – 3:0
15.08.2018. Tottenhem – Liverpul – 1:2
04.02.2018. Liverpul – Tottenhem – 2:2

 «INTeR» - «ATALANTA»
Italiya A Seriyasi. 19-tur.
11 yanvar (shanba)
O‘yin boshlanish vaqti:
 00:45
TV-translatsiya: «Futbol TV»/«UzReport TV» 

Italiya A Seriyasi 19-turida markaziy o‘yin bitta emas. Xususan, turnir jadvali peshqadami «Inter» hamda mavsum kashfiyoti «Atalanta» o‘rtasidagi to‘qnashuv shiddatli o‘tishi aniq. Antonio Konte shogirdlari birinchi o‘rinni «Yuventus»ga berib qo‘ymaslik uchun ham faqat g‘alabani ko‘zlashadi. «Atalanta» esa «Roma»ning «Yuventus»ga qarshi o‘ynashidan foydalanib, Milandagi g‘alaba evaziga 4-o‘ringa chiqib olish haqida o‘ylaydi. Demakki, «Juzeppe Meatssi»da bizni tomoshabop qarama-qarshilik kutib turibdi.

Imkoniyatlar: 35/35/30

 O‘zaro so‘nggi 5 o‘yin:
07.04.2019. Inter – Atalanta – 0:0
11.11.2018. Atalanta – Inter – 4:1
14.04.2018. Atalanta – Inter – 0:0
19.11.2017. Inter – Atalanta – 2:0
12.03.2017. Inter – Atalanta – 7:1

 «ROMA» - «YuVeNTUS»
Italiya A Seriyasi. 19-tur.
12 yanvar (yakshanba)
O‘yin boshlanish vaqti:
 00:45
TV-translatsiya: «Futbol TV»/«UzReport TV»

 Italiya A Seriyasidagi yana bir markaziy o‘yin Rimda o‘tadi. Turnir jadvalida 4-o‘rinda borayotgan «Roma» peshqadamlardan biri «Yuventus»ni to‘xtatishga urinadi. Turinliklar uchun Rimdagi o‘yinlar omadli kelayotgani yo‘q. Sarri shogirdlari mavsumdagi yagona mag‘lubiyatni aynan ushbu shaharda «Latsio» bilan bahsda tan olishgandi. Umuman olganda, «Yuve» 2017 yildan buyon Rimda «Roma»ni mag‘lub eta olmayapti. Krishtianu Ronaldu yetakchiligidagi jamoa bu safar ushbu noxush an'anaga chek qo‘yishga intilsa-da, bugungi «Roma» Kris Smolling yetakchiligidagi mustahkam himoya qo‘rg‘oniga ega ekanligini unutmaslik lozim. Shubhasizki, Rimda jiddiy to‘qnashuv guvohiga aylanamiz.

Imkoniyatlar: 30/35/35

 O‘zaro so‘nggi 5 o‘yin:
12.05.2019. Roma – Yuventus – 2:0
22.12.2018. Yuvenuts – Roma – 1:0
13.05.2018. Roma – Yuventus – 0:0
23.12.2017. Yuvenuts – Roma – 1:0
14.05.2017. Roma – Yuventus – 3:1

Usmon Ibodov tayyorladi.

Ko‘proq yangiliklar: