Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eron ukrainlar samolyoti raketa bilan urib tushirilgani haqidagi ayblovlarni rad etdi
Eron fuqarolik aviatsiyasi tashkiloti rahbari Ali Obidzoda Ukrainaning «Boing» samolyoti eronliklar uchirgan raketa tufayli qulagani haqidagi ayblovlarni rad etdi. 9 yanvar kuni Kanada bosh vaziri Jastin Tryudo samolyot halokatiga Eronning «yer-havo» tasnifidagi raketasi tomonidan urib tushirilgani haqidagi ma'lumotga egaligini ma'lum qilgandi.

Foto: AFP
«Havodan mudofaa tizimimiz va fuqarolik aviatsiyasi to‘liq muvofiqlashtiruv mavjud. Fuqarolik aviatsiyasi xodimlari va havo hujumidan mudofaa tizimi xodimlari yonma-yon o‘tirishadi. Shu tufayli bunday bo‘lishi [samolyotga raketa zarbasi] mutlaqo imkonsiz ish», degan Obidzoda telekanal jonli efirida.
«Biz ishonch bilan ayta olamizki, bu samolyotga raketa tegmagan. Samolyot parvoz davomida bir yarim daqiqadan uzoqroq vaqt yongan, uchuvchilar ortga qaytishga qaror qilishgan. Nima uchun ular bilan dispetcher bilan bog‘lanmaganining sababi ko‘p bo‘lishi mumkin. Birinchi navbatda ular samolyotni qutqarishlari kerak edi», deya qo‘shimcha qilgan u.
Eron aviaregulyatori rasmiysi Hasan Rizofarning aytishicha, Eron halokatga uchragan samolyot «qora quti»sini rasshifrovka qilishda Rossiya, Ukraina, Fransiya va Kanadadan yordam so‘rashi mumkin. Uning so‘zlariga ko‘ra, aviahalokat bo‘yicha tekshiruv ishlariga bir-ikki yil vaqt ketadi.
8 yanvar kuni tongida «Ukraina xalqaro avialiniyalari» aviakompaniyasining Tehrondan Kiyevga uchgan Boeing 737 rusumli yo‘lovchi samolyoti Xumayniy nomidagi xalqaro aeroportdan havoga ko‘tarilganidan bir necha soat o‘tib qulab tushdi. Bortda bo‘lganlarning barchasi - 167 yo‘lovchi va ekipajning 9 a'zosi halok bo‘ldi.
Tekshiruv ishlari qanday ketmoqda?
Amerika transport xavfsizligi bo‘yicha milliy byurosi Eron hukumatining aviahalokat bo‘yicha tekshiruv ishlarida qatnashish taklifini qabul qilgan.
Milliy byuro tekshiruvlarda ishtirok etish uchun vakilini tayinlagan.
«Biz aviahalokat atrofidagi vaziyatni kuzatishni va tergovda ishtirok etish darajasini baholashda davom etamiz», deyiladi byuro bayonotda.
Xalqaro tartibga ko‘ra, AQSh halokatga uchragan samolyot ishlab chiqarilgan davlat sifatida tekshiruvlarda ishtirok etishga haqli hisoblanadi.
Fuqarolik aviatsiyasi xalqaro tashkilotining Erondagi vakili Farhod Parvarishning ma'lum qilishicha, aviahalokatda 63 nafar fuqarosi halok bo‘lgan Kanada ham o‘z vakillarini jo‘natgan, Ukraina maxsus komissiyasi ekspertlari esa 8 yanvar kuniyoq Tehronga kelgandi.
Qayd etish kerakki, fojia Eron AQShning Iroqdagi bazalariga raketa orqali zarbalar berishi ortidan ro‘y berdi. Hodisa oqibatida 176 kishi - 82 nafar eronlik, 63 nafar kanadalik, 11 nafar ukrainalik, 10 nafar shvetsiyalik, to‘rt nafar afg‘onistonlik, uch nafar germaniyalik va uch nafar britaniyalik halok bo‘lgan edi.
Ma'lumotlarga ko‘ra, avialayner yangi bo‘lgan va unda texnika nosozliklar qayd etilmagan.
9 yanvar kuni Kanada bosh vaziri Jastin Tryudo samolyot eronliklarning havo hujumidan mudofa tizimining yanglish uchirgan raketasi orqali urib tushirilgani haqida ma'lum qilgandi. Uning fikriga Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson ham qo‘shildi - uning aytishicha, Britaniyada samolyot Eron raketasi bilan urib tushirilganini tasdiqlovchi dalillar bor.
AQSh prezidenti Donald Tramp esa samolyot texnik nosozlik tufayli qulagani haqidagi gaplarga ishonmasligini bildirdi.
Amerikadagi qator nashrlar samolyot xatolik bilan berilgan raketa zarbasi oqibatida qulagani haqida xabarlar tarqatdi.
Kelib chiqishiga ko‘ra eronlik bo‘lgan internet faoli Narimon G‘arib esa tvitterdagi sahifasida Tehron yaqinida «Ukraina xalqaro avialiniyalari»ning Boeing 737 samolyotiga raketaning kelib urilishi aks etgan video deya ta'kidlangan videoni joylashtirdi. The New York Times nashri xabariga ko‘ra, video Tehron yaqinidagi Parand aholi punktida olingan, samolyot aynan shu hudud ustdan uchib o‘tayotganida aloqaga chiqishni to‘xtatgan.
The footage i've got from a source - the moment the missile hit the #Flight752. I can't verify the video yet! but please let me know if you find anything. I'm in contact with the person who send this video to see if I can get a version of video which has a meta data on it pic.twitter.com/HtesW5uecB
— 🤖Nariman (@NarimanGharib) January 9, 2020
Eron hukumati barcha ayblovlarni rad etgan holda, samolyot halokatiga dvigatellardan biri ishdan chiqqanini sabab qilib ko‘rsatmoqda.
Tavsiya etamiz
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina
Jamiyat | 13:40 / 16.07.2025
20 iyuldan boshlab 1-2 kunga xorijga chiqqanlar O‘zbekistonga bojsiz tovar olib kirolmaydi
Iqtisodiyot | 19:31 / 15.07.2025
Bolalarni itdek vovullatgan «defektolog»ga yangi jinoiy ish ochildi
Jamiyat | 18:06 / 15.07.2025
Etihad Airways O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi
O‘zbekiston | 15:18 / 15.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekistonda 6 oyda 872 ming kishi o‘z mehnat faoliyatini qonuniylashtirdi
O‘zbekiston | 13:25
-
AQSh bilan «mega kelishuv» qilayotgan Zelenskiy, Iroqda kuchli yong‘in va Eronga yangi dedlayn tayyorlayotgan G‘arb – kun dayjesti
Jahon | 13:14
-
Isroilga xalqaro bosim davom etmoqda: XJS orderlarni kuchida qoldirdi, Sloveniya sanksiya joriy qildi
Jahon | 13:06
-
Putin Rossiyada xorijiy dasturiy ta’minotni qisqartirish yo‘lini topishni buyurdi
Jahon | 12:55
Mavzuga oid

12:01 / 10.03.2025
“Trampning siyosatdagi “qimorbozligini” Kanada tushunolmayapti” – AQSh baribir savdo bojlarini joriy qildi

00:26 / 06.03.2025
Tramp Kanada tovarlariga bojlar joriy etilganidan keyin Tryudo bilan qo‘ng‘iroqlashdi

23:56 / 04.03.2025
Kanada Tramp boshlagan savdo urushiga javoban Amerika tovarlariga boj joriy etadi

02:27 / 24.01.2025