Britaniya parlamenti quyi palatasi Brexit bo‘yicha kelishuvni ma'qulladi

Jahon 02:21 / 10.01.2020 3270

Britaniya parlamenti quyi palatasi Britaniyaning Yevropa Ittifoqidan chiqishi haqidagi kelishuvni ma'qulladi. Agar qonun loyihasini lordlar palatasi ham ma'qullasa, Britaniya Yevropa Ittifoqini 31 yanvarda tark etadi.

Kelishuv uchun 330 deputat ovoz bergan, 321 nafari qarshi chiqqan. Hujjat yuqori palataga ko‘rib chiqish uchun beriladi, so‘ngra uni qirolicha tasdiqlashi kerak bo‘ladi.

Brexit’dan keyin 2020 yil oxirigacha davom etadigan o‘tish davri boshlanadi. Bu vaqt ichida Britaniya va Yevropa Ittifoqi barcha sohalarda kelgusi hamkorlikning formatlarini shakllantirishlari kerak bo‘ladi.

Ko‘proq yangiliklar: