Eron qurolli kuchlari vakili dushmanlardan tez orada "shafqatsiz qasos" olinishini ma'lum qildi

Jahon 15:23 / 09.01.2020 33745

Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi tez vaqt ichida mamlakat dushmanlaridan qasos oladi. Bu haqda Eron qurolli kuchlari bosh shtabi xavfsizlik departamenti boshlig‘i Abulla Aragiy ma'lum qildi.

"Eron hukumatining asosiy kuchlaridan biri bo‘lgan Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi dushmanlardan tez orada shafqatsiz qasos oladi", - deya uning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda Tasnim agentligi. 

Yaqin Sharqdagi vaziyat 2019 yilning dekabr oyi oxirida keskinlasha boshladi. Dastlab Iroqdagi Eron ta'siridagi kuchlar AQSh bazasiga hujum qilib, Amerikaning bir fuqarosini o‘ldirishdi. Bunga javoban amerikalik harbiylar Iroqdagi shialarning «Kataib Hizbulloh» guruhi obektlariga aviazarba berdi. Bu hujum oqibatida 25 kishi halok bo‘lib, 50dan ortiq kishi jarohatlandi.

31 dekabr kuni ushbu hujum qurbonlarning dafn marosimidan keyin minglab namoyishchilar AQShning Bag‘doddagi elchixonasini qamal qildi.

3 yanvar kuni AQSh harbiylari ushbu hujumni tashkillashtirishda ayblab, Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi generali Qosim Sulaymoniyni Bag‘doddagi aeroport hududida o‘ldirdi va inqirozli holat yanada chuqurlashdi.

7 yanvardan 8 yanvarga o‘tar kechasi Eron qurolli kuchlari AQShning Iroqdagi bazalari tomon raketa zarbalari yo‘lladi.

Ko‘proq yangiliklar: