ADRENALINE RUSH yangi qadog‘ining taqdimoti bo‘lib o‘tdi

Light 19:00 / 07.01.2020 15603

3 yanvarda Orient Motors shou rumining ikkinchi qavatida Adrenaline Rush yangi bankasining yopiq taqdimoti o‘tkazildi. Kechaning asosiy mehmoni esa taniqli bokschi Shahram G‘iyosov bo‘ldi. Tadbirda shuningdek, sportchilar, blogerlar, inflyuyenserlar ham ishtirok etishdi.

Kecha yorqin lahzalarga boy bo‘ldi, DJ Zaplavsky tadbirda yig‘ilganlarga ajoyib kayfiyat taqdim etdi. Street workout jamoasi akrobatika elementlarini namoyish etuvchi fleshmob tayyorlashdi. Mehmonlarga esa Adrenaline Rush’dan tayyorlangan ichimlik va kokteyllar ulashildi. Shuningdek, turli ta'mdagi, mazali yeguliklar “keytering” ham taqdim etildi.

Bokschi Shahram G‘iyosov Adrenaline rush yangi qadog‘ining yuziga aylandi va tadbirda yangi bankaning taqdimoti bilan birgalikda Adrenaline Rush videoroligini ham namoyish etdi. 

Mehmonlar Abu-Dabining virtual Formula-1 trassasida poyga mashinasi simulyatori yordamida haqiqiy drayvni sinab ko‘rishdi. Bundan tashqari, zarba kuchi elektron o‘lchov vositasida Shahram G‘iyosovning rekord darajasini yangilashga harakat qilib ko‘rishdi.

Katta ekranda namoyish etilgan Adrenaline Rush videoroligida bokschi #SENBARCHASIGAQODIRSAN da'vati ostida Shahram G‘iyosovning muvaffaqiyat tarixi namoyish etilishi yig‘ilganlarda katta taassurot qoldirdi.

Adrenaline Rush logotipi tushirilgan katta tort kechaning so‘nggi syurpriziga aylandi. Barcha tanlovlar g‘oliblari ham taqdirlandi.

Energetik ichimliklarni haddan ziyod iste'mol qilish sog‘liq uchun zararli. 18 yoshga to‘lmagan shaxslarga tavsiya etilmaydi

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: