Toshkentda 2 mingdan ortiq harbiy xizmatchi ishtirokida «Vatanparvarlik aksiyasi» o‘tkazildi

Foto: Mudofaa vazirligi
Bugun, 5 yanvar kuni Mudofaa vazirligi tomonidan 5 kilometrdan ortiqroq masofaga yugurish bo‘yicha «Vatanparvarlik aksiyasi» kichik marafoni o‘tkazildi.
Unda vazirlik harbiy xizmatchilari, Qurolli Kuchlar xizmatchilari hamda Mirzo Ulug‘bek tumani o‘quvchi yoshlari, shuningdek, faxriylardan iborat 2 mingdan ortiq fuqaro ishtirok etdi, deb xabar qildi Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti.
Kichik marafon davomida uch avlod, ya'ni faxriy harbiylar, ofitser bo‘lish orzusida harbiy ta'lim muassasalarida saboq olayotgan kursantlar yugurish finish chizig‘iga qadar yugurdilar.
Marafon so‘ngida turli yosh nominatsiyasi bo‘yicha g‘olib bo‘lgan ishtirokchilarga Mudofaa vazirining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari polkovnik Xamdam Karshiyev diplom va esdalik sovg‘alarini topshirdi.
• 1-o‘rin – Toshkent harbiy okrugidan kichik serjant Vladislav Mamedov (15 daqiqa-yu 31 soniya);
• 2-o‘rin – Qurolli Kuchlar akademiyasi kursanti Nuriddin Rahmatov (16 daqiqa-yu 28 soniya);
• 3-o‘rin – Toshkent harbiy okrugidan leytenant Temur Ummatov (17 daqiqa-yu 9 soniya).
Mavzuga oid

09:10 / 19.02.2025
Foto: Mudofaa vazirligining xalqaro ko‘rgazmadagi harbiy texnikalari

16:55 / 22.01.2025
Harbiy-strategik hamkorlik dasturi va 50 ta qo‘shma tadbir - Rossiya mudofaa vazirining O‘zbekistonga tashrifi tafsilotlari

21:37 / 15.01.2025
Fotojamlanma: Davlat arboblari va harbiy elita - Vatan himoyachilari kuni bayramida

20:05 / 13.01.2025