Iroqdagi amerikaliklar joylashgan aviabaza raketa hujumiga uchradi - OAV

Jahon 01:19 / 05.01.2020 90379

Iroqdagi "Balad" aviabazasi raketa hujumiga uchradi, deb xabar bermoqda arab OAV va Iroqdagi vaziyatni kuzatayotgan ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari.

Ma'lumotlarga ko‘ra, noma'lum kishilar tomonidan Iroq poytaxtidan 70 km masofada joylashgan aviabazaga uchta raketa otishgan. Bu yerda xususan, AQSh boshchiligidagi terrorizmga qarshi kurashish bo‘yicha koalitsiya harbiylari joylashgan.

Raketa hujumi to‘g‘risida rasmiy ma'lumot berilmadi.

Avvalroq Bag‘doddagi AQSh elchixonasi joylashgan hududda raketa portlagani xabar qilingandi.

2 yanvardan 3 yanvarga o‘tar kechasi Bag‘dodda AQSh aviazarbasi natijasida Eronning "Quds" maxsus bo‘linmasi qo‘mondoni general Qosim Sulaymoniyning o‘limidan so‘ng Iroqda vaziyat keskinlashdi.

Ko‘proq yangiliklar: