Eronning BMTdagi vakili general Sulaymoniy o‘limi uchun harbiy yo‘l bilan javob qaytarilishini aytdi

Jahon 19:31 / 04.01.2020 25906

"Harbiy aksiyaga javob - harbiy aksiya bo‘ladi", - dedi u CNN telekanaliga bergan intervyusida va qasos "qaqshatqich bo‘lishi"ni qo‘shib qo‘ydi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Sulaymoniyning o‘ldirilishi "Eronga qarshi urush boshlash bilan barobar".

Taxt-Ravonchi shuningdek, amerikalik siyosatchi va harbiylarning Sulaymoniy AQSh xavfsizligiga tahdid solgani to‘g‘risidagi iddaolarini rad etdi va bu ayblovga dalil keltirishlarini talab qildi.

Avvalroq Pentagon Sulaymoniy Bag‘dod aeroportiga raketa zarbasi berilishi oqibatida halok bo‘lganini ma'lum qilgandi. U shaxsan Donald Trampning topshirig‘i bilan amalga oshirilgan operatsiya natijasida halok bo‘ldi.

Eronning oliy rahnamosi oyatulla Ali Homanaiy Sulaymoniyning o‘limi uchun qasos olinishiga va'da berdi.

Ko‘proq yangiliklar: