Netanyaxu general Sulaymoniyning o‘ldirilishi sababli Gretsiyaga tashrifini muddatidan avval yakunladi

Jahon 16:13 / 03.01.2020 14039

Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Eron generali Qosim Sulaymoniyning o‘ldirilishi sababli o‘zining Gretsiyaga tashrifini yakunladi. Bu haqda o‘z manbasiga tayanib Reuters agentligi xabar berdi.

"Bosh vazir Netanyaxu Eron generali Qosim Sulaymoniyning o‘ldirilishi sababli o‘zining Gretsiyaga tashrifini yakunladi", - dedi agentlik suhbatdoshi.

Isroil hukumati rahbari Gretsiya, Isroil va Kipr o‘rtasidagi Sharqiy O‘rta yer dengizi gaz quvuri bo‘yicha davlatlararo kelishuvni imzolash uchun Gretsiyaga borgandi.

3 yanvarga o‘tar kechasi Bag‘dod aeroporti hududida AQSh aviazarbalari oqibatida Islom inqilobi muhofizlari korpusi (IIMK) tarkibidagi «Al-Quds» maxsus bo‘linmasi qo‘mondoni general Qosim Sulaymoniy halok bo‘ldi.

Eron oliy yetakchisi Oyatulloh Ali Xominaiy Iroqda general Qosim Sulaymoniy o‘ldirilgani sababli mamlakatda 3 kunlik milliy motam e'lon qildi va AQShdan buning uchun qasos olinajagini ma'lum qildi.

Ko‘proq yangiliklar: