APL anonsi: «Arsenal» - «MYu», Gvardiola Anchelottiga qarshi

Sport 16:26 / 01.01.2020 8551

Butun dunyo yangi yil bayrami shukuhida dam olayotgan bir paytda Angliya Premer-ligasida navbatdagi tur uchrashuvlari o‘tkaziladi. 2020 yilning ilk rasmiy o‘yinlari sifatida tarixda qoladigan uchrashuvlarda bizni markaziy qarama-qarshiliklar kutmoqda.

APL 21-turida «Arsenal» - «Manchester Yunayted», «Sheffild Yunayted» - «Liverpul» singari klassik to‘qnashuvlar, Gvardiolaning Anchelottiga qarshi o‘yini o‘rin olgan.

Asosiy intrigalar

Devid Moyyes «Vest Hem»ga qaytdi

Moyyesning so‘nggi klubi aynan «Vest Hem» bo‘lgandi, ammo 2017/18 yilgi mavsumda ham Devid klubda muvaffaqiyatli ishladi, deb bo‘lmaydi. O‘shanda yevrokubok zonasini maqsad qilgan London klubi 13-o‘rinni egallagandi. Umuman olganda, Moyyes «Everton»dan ketgach, omadi yurishmayapti. U «Manchester Yunayted»da muvaffaqiyatsizlikka uchradi, «Real Sosedad» va «Sanderlend»dan haydab yuborildi. Shunga qaramay, «Vest Hem» bosslari jiddiy tavakkalga qo‘l urib, shotlandiyalik murabbiyga ishonch bildirishdi. Omadi yurishmayotgan «Vest Hem» futbolchilari omadsiz murabbiy bilan yanada qiyin ahvolga tushishmasmikan? Odatda, ligada qolish uchun kurash olib borayotgan jamoalarga Sem Ellayrdays yoki Toni Pyulis singari murabbiylarning nafi ko‘proq tegardi. Ko‘ramiz, Moyyes faoliyati uchun muhim bo‘lgan ushbu missiyani qay darajada bajara olarkin...

Anchelotti Gvardiolani to‘xtatishga urinadi

«Everton» ketma-ket 5 o‘yindan buyon APLda mag‘lubiyat nimaligini bilmayapti. Anchelotti qo‘l ostida liverpulliklar ketma-ket ikki o‘yinda ham muhim g‘alabaga erishishdi. Italiyalik murabbiy tarkibdan ustalik bilan foydalanmoqda. «Everton» uning qo‘l ostidagi ikki o‘yinda ham butkul ikki xil o‘yinni namoyish etdi. Anchelotti top klublarga qarshi o‘yinda jamoani yaxshi tayyorlay oladi. Buni «Napoli» ustozligida «Liverpul»ga qarshi o‘yinlarda ham isbotlagandi.

Gvardiola uchun – Anchelottiga qarshi bahs yangi «boshog‘riq» sanaladi. Jamoalar «Manchester Siti»ga qarshi qanday o‘ynashni o‘rganib olgandek tuyulmoqda. Yaqinda «Vulverhempton»ga mag‘lub bo‘lgan (2:3) Gvardiola jamoasi tiklanishga ulgurmayotganligini takrorlashdan nariga o‘ta olmayapti. Darhaqiqat, «Siti» har o‘yinda tarkibdagi katta o‘zgarishlar bilan maydonga tushmoqda. Qishki davr Pep jamoasi uchun juda og‘ir o‘tmoqda.

Markaziy o‘yin: «Arsenal» - «Manchester Yunayted»

Mikel Arteta qo‘l ostidagi «Arsenal» so‘nggi bahsda «Chelsi»ga qarshi yaxshi o‘yin namoyish etgan bo‘lsa-da, alamli mag‘lubiyatni qarshi oldi. Bu turda esa London klubi azaliy raqibi «Manchester Yunayted»ga qarshi saf tortadi.

«Arsenal» uch kun avval - 29 dekabr kuni «Chelsi»ga o‘z uyida mag‘lubiyatga uchrab, 60 yilda ilk marta o‘z maydonidagi ketma-ket to‘rtinchi mag‘lubiyatni qabul qilib oldi. Bungacha londonliklar «Emireyts»da «Manchester Siti» (0:3), «Brayton» (1:2) va «Ayntraxt» (1:2) bilan o‘yinlarda ham imkoniyatni boy berishgandi.

Sulsher qo‘l ostidagi «Manchester Yunayted» esa aynan grand klublarga qarshi jiddiy tayyorgarlik bilan maydonga tushib, yaxshi o‘yin namoyish etmoqda. «Yunayted» bungacha «Manchester Siti», «Liverpul», «Chelsi», «Lester», «Tottenhem»ga qarshi muvaffaqiyatli o‘yin ko‘rsatdi. Ammo «Arsenal»ning ayni damda 12-o‘rinda borayotganligini inobatga olsak, Ole-Gunnar Sulsher jamoasiga oson bo‘lmasligini taxmin qilish qiyin emas. Har holda «MYu» aynan o‘rtamiyona pog‘onalardagi jamoalar bilan bahslarda ko‘p ochkolarni yo‘qotdi.

Londondagi so‘nggi o‘zaro o‘yinlar:

2018/19. Arsenal – MYu – 2:0

2017/18. Arsenal – MYu – 1:3

2016/17. Arsenal – MYu – 2:0

2015/16. Arsenal – MYu – 3:0

2014/15. Arsenal – MYu – 1:2.

APL. 21-tur.

1 yanvar (chorshanba)

17:30. «Brayton» – «Chelsi»

TV-translatsiya: «Futbol TV»

Taxminiy tarkib:

«Chelsi»: Arrisabalaga, Aspilikueta, Zuma, Ryudiger, Alonso, Kante, Jorjino, Kovachich, Villian, Maunt, Abraham

So‘roq ostida: Pulishich, Alonso, Jiru («Chelsi»)

17:30. «Byornli» – «Aston Villa»

20:00. «Nyukasl» – «Lester»

TV-translatsiya: «Futbol TV»

20:00. «Sauthempton» – «Tottenhem»

Taxminiy tarkib:

«Tottenhem»: Gassaniga, Ore, Sanches, Alderveyreld, Vertongen, Sissoko, Uinks, Moura, Alli, Eriksen, Keyn

20:00. «Uotford» – «Vulverhempton»

22:30. «Manchester Siti» – «Everton»

TV-translatsiya: «Futbol TV»

Taxminiy tarkiblar:

«Manchester Siti»: Ederson, Uoker, Otamendi, Fernandino, Zinchenko, Gyundogan, Rodri, De Bryune, Mahrez, Aguero, Sterling

«Everton»: Pikford, Koulman, Mina, Kin, Sidibe, Delf, Sigurdsson, Din, Bernard, Risharlison, Kalvert-Lyuin.

So‘roq ostida: D. Silva, Stounz («Man.Siti») - Baningime, Shnederlen («Everton»)

22:30. «Norvich» – «Kristal Pelas»

22:30. «Vest Hem» – «Bornmut»

01:00. «Arsenal» – «Manchester Yunayted»

TV-translatsiya: «Futbol TV»

Taxminiy tarkiblar:

«Arsenal»: Leno, Naylz, Mustafi, Luiz, Saka, Jaka, Torreyra, Nelson, O‘zil, Obameyang, Lyakazett

«MYu»: De Xea, Uan-Bissaka, Lindelyof, Maguayr, Shou, Matich, Fred, Jyeyms, Pereyra, Reshford, Marsyal

So‘roq ostida: Belerin, Chembers, Martinelli, Jaka, Sebalos («Arsenal») – Pogba («MYu»).

2 yanvar (payshanba)

01:00. «Liverpul» – «Sheffild».

Usmon Ibodov tayyorladi.

Ko‘proq yangiliklar: