2020 yilda Superligada nechta klub bo‘lishi ma'lum qilindi

Sport 10:20 / 31.12.2019 18586

Yangi 2020 yilda Superligadagi jamoalar soni o‘zgarmaydi. Bu haqda PFL vakili Diyor Imomxo‘jayev telegramdagi kanalida ma'lum qildi.

«Eng ko‘p berilayotgan savolga javob: 2020 yil Superligada 14 klub ishtirok etadi» - deya yoziladi manbada. 

Eslatib o‘tamiz, 2019 yilgi mavsum boshiga qadar O‘FA va PFL klublar soni oshmasligini qat'i ta'kidlab kelgan bo‘lsa-da, Superliga boshlanishi arafasida 25 fevral kuni ishtirokchilar sonini 12tadan 14taga oshirilganligini e'lon qilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: