Surxondaryodagi YTH natijasida yo‘lovchi vafot etdi
2019 yil 28 dekabr kuni soat 18:45larda, Surxondaryo viloyati Qumqo‘rg‘on tumani hududidan o‘tgan M-41 “Bishkek-Dushanbe-Termiz” avtomobil yo‘lning 1538-km.da YTH sodir bo‘ldi.
IIV YHXBB axborot xizmati xabariga ko‘ra, haydovchi, Qumqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1979 yilda tug‘ilgan S.P. “LADA XRAY Cross” rusumli avtomobilini yo‘lning chetidan orqaga qayrilish maqsadida chapga burgan vaqtida, shu yo‘nalish bo‘ylab harakatlanib kelayotgan haydovchi, Qumqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1989 yilda tug‘ilgan X.Ch. boshqaruvidagi “Neksiya” rusumli avtomobilini o‘tkazib yubormasdan to‘qnashuv sodir etgan.
Natijada “Neksiya” rusumli avtomobil yo‘lovchisi, 1951 yilda tug‘ilgan O.X. tan jarohati olib, kasalxonada vafot etgan.
Mavzuga oid

16:23 / 29.07.2024
Volgograd oblastida yo‘lovchi poyezd yuk mashina bilan to‘qnashdi

15:50 / 27.07.2024
AQShda 38 yashar o‘zbekistonlik trakchi YTH tufayli vafot etdi

13:07 / 27.07.2024
Qamchiq dovonida 3 ta yuk avtomobili va Mercedes-Benz Sprinter ishtirokida YTH yuz berdi

07:35 / 27.07.2024