Superliga yangi mavsumi qachon boshlanishi ma'lum qilindi

Sport 18:43 / 30.12.2019 6070

2020 yilgi Superliga yangi mavsumi fevral oyi yakunida start oladi. Bu haqda PFL vakili Diyor Imomxo‘jayev telegramdagi sahifasida ma'lum qildi.

«Superligada 2020 yilgi mavsum 28 fevral sanasida start oladi. 1-tur o‘yinlari 28-29 fevral hamda 1 mart kunlari bo‘lib o‘tadi. Qur'a marosimi va uning sanasi haqida keyinroq ma'lumot beriladi» - deya yozadi Diyor Imomxo‘jayev.

Ma'lumot uchun, 2019 yilgi Superliga bahslari 8 mart kuni start olgandi.

Ko‘proq yangiliklar: