Jizzax viloyati superkubogida ommaviy mushtlashuv yuz berdi

Sport 19:50 / 30.12.2019 76820

Futbol bo‘yicha Jizzax viloyati Superkubogi doirasidagi «Jizzax Bars» - «Zafar» o‘yinida har ikki jamoa futbolchilari, muxlislar ishtirokida maydonda ommaviy mushtlashuv yuz berdi.

 Tarqalgan videoda ko‘rinishicha, bosh hakam o‘yin qoidasini buzgan futbolchini qanot hakami bilan maslahatlashgach, jazolagan. Hakamning bu qaroridan norozi bo‘lgan futbolchi esa janjal boshlanishiga sabab bo‘lgan. Lavhalardan janjalni tartibni saqlash xodimlari to‘xtatmoqchi bo‘lgani, ammo buning iloji bo‘lmaganligini ko‘rish mumkin.

 Jizzax viloyat futbol assotsiatsiya vitse-prezidenti Anvar Musurmonovning Kun.uz cayti muxbiriga ma'lum qilishicha, Jizzax shahrida o‘tgan o‘yindagi janjaldan keyin Jizzax viloyati hokimi, viloyat futbol assotsiatsiyasi prezidenti Ergash Soliyevning qaroriga ko‘ra, mushtlashuvning boshlanishiga sababchi bo‘lgan Zafarobod tumanining «Zafar» jamoasi viloyat ichki chempionatidan chetlatilgan. Janjalni boshlagan futbolchilar futboldan chetlatilib, ma'muriy javobgarlikka tortilgan.

 Ma'lumot uchun, «Jizzax Bars» klubi viloyat chempioni, «Zafar» jamoasi esa viloyat kubogi sohibi sifatida 28 dekabr kuni Jizzax viloyat superkubogi uchun maydonga tushishgandi. Mushtlashuv sabab o‘yin yakunlanmay qolgan.

Ko‘proq yangiliklar: