Iordaniya va Iroq Osiyo Kubogini birgalikda o‘tkazmoqchi

Sport 17:27 / 30.12.2019 2983

Iordaniya Futbol Federatsiyasi 2027 yilgi Osiyo Kubogini Iroq bilan birgalikda o‘tkazish niyati borligini e'lon qildi.

Ayni paytda Iroqdagi notinch vaziyat tufayli, mamlakat milliy jamoasi JCh-2022 saralash bahslarini neytral maydonda o‘tkazmoqda. Ammo har ikkala da'vogar bir necha yildan so‘ng vaziyatning yaxshilanishiga umid bildirishmoqda.

Eslatib o‘tamiz, navbatdagi Osiyo Kubogi 2023 yilda Xitoyda o‘tkaziladi. 2027 yilgi musobaqa mezboni 3 yildan so‘ng aniqlanadi. Hozircha Iordaniya va Iroqdan boshqa mamlakatlar unga da'vogarlik qilmayapti.

Ko‘proq yangiliklar: