Eron harbiy mashg‘ulotlar hududidagi josus kema va samolyotlarga o‘t ochishdan ogohlantirdi

Foto: REUTERS
Eronlik harbiylar Eron, Rossiya va Xitoy birgalikda olib borayotgan harbiy mashg‘ulotlar hududida aniqlanadigan razvedka kemalari va samolyotlariga o‘t ochishga tayyor. Bu haqda Eron qurolli kuchlari qo‘mondoni o‘rinbosari Habibulloh Sayyoriy ma'lum qildi. Uning so‘zlarini Tasnim axborot agentligi keltirib o‘tgan.
“Ko‘plab davlatlar u yerda nima yuz berayotgani haqida ma'lumot olishga intilmoqda. Josuslar muayyan harakatlarni amalga oshirmoqda”, deb aytgan Sayyoriy.
U Eron “mashg‘ulotlar o‘tish joyida aniqlangan har qanday razvedka samolyoti va kemalariga qarshi o‘t ochishi”dan ogohlantirgan.
“Avval biz bunga qodirligimizni ko‘rsatganmiz”, db qo‘shimcha qilgan harbiy.
Uch davlatning birgalikdagi mashg‘ulotlari joriy haftada Hind okeanida boshlangandi. Ular 30 dekabrgacha davom etadi.
Mavzuga oid

15:02 / 09.03.2025
Rossiya, Xitoy va Eron Hind okeanida qo‘shma harbiy o‘quv mashqlarini o‘tkazadi

23:36 / 08.03.2025
Eron AQSh bilan muzokara o‘tkazishni rad etdi

20:41 / 07.03.2025
Tramp Eron yetakchisiga yadroviy dastur bo‘yicha bitim tuzishni taklif qildi

19:05 / 04.03.2025