Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Issiqlik elektr stansiyalari» AJda investitsion loyihalar davom etmoqda: Farg‘onada yuqori samarali gaz turbina uskunasi ishga tushirildi

«Issiqlik elektr stansiyalari» AJ tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 21 fevralda imzolangan PQ-2794 sonli qarori asosida «Farg‘ona issiqlik elektr markazi» AJda va Farg‘ona shahrida 7 mVt li va jamiyat hududida 17 mVt li yuqori samarali kogeneratsion gaz turbina qurilmalarini qurish belgilangan.
Loyihaning asosiy maqsadi O‘zbekiston va Yaponiya davlatlari o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish, yuqori samarali, tejamkor texnologiyalarni energetika sohasiga tadbiq etish, hamda Farg‘ona vodiysining elektr energiyasi, ayniqsa Farg‘ona shahrida joylashgan sanoat korxonalarining issiqlik energiyasiga bo‘lgan tanqisligini bartaraf etishdan iborat. Loyiha amalga oshirish bo‘yicha Farg‘ona shaxarda 7 mVt li gaz turbina qurilmasini qurilish montaj ishlari muddatidan kechiktirmay tasdiqlangan reja jadvaliga asosan qurib bitkazildi va 2019 yilning dekabr oyida muvaffaqiyatli ishga tushirildi. Bugungi kunda kuz-qish mavsumida yangi ishga tushirilgan gaz turbina qurilmasi Farg‘ona shahar aholisiga issiqlik va elektr energiyasini yetkazib berishni boshladi.
Jumladan ishlab chiqarilayotgan elektr energiyasi milliy elektr tizimiga va issiqlik energiyasini Farg‘ona shahrining A.Qodiriy dahasida joylashgan 3850 ta xonadondan tashkil topgan 78 ta ko‘p qavatli uylarga uzluksiz yetkazib berilmoqda.
«Ishga tushirilgan 7 mVtli gaz turbina qurilmasidan yiliga qo‘shimcha 58400,0 ming kVt soat elektr energiyasi tarmoqqa uzatiladi va 63400.0 Gkal issiqlik energiyasini iste'molchilarga yetkazib berilishi ko‘zda tutilgan. Bu esa elektr energiyasini va issiqlik energiyasi ishlab chiqarish uchun sarflanayotgan shartli yoqilg‘i sarfining kamayishiga olib keladi.
Bugungi kunda yangi yuqori samarali gaz turbina qurilmasiga xizmat qilish uchun 37 ta yangi ishchi o‘rinlari yaratildi. Loyiha bo‘yicha ikkinchi 17 mVtli gaz turbina qurilmasini «Farg‘ona issilik elektr markazi» AJ hududida qurilish ishlari reja-grafikka asosan jadal suratda olib borilmoqda va qurilmani 2021 yil mart oylarida ishga tushirilishi rejalashtirilgan», - deydi «Issiqlik elektr stansiyalari» AJ boshqaruv raisi R.G.Mubarakshin.
«Issiqlik elektr stansiyalari» AJ Matbuot xizmati
Tavsiya etamiz
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
Taekvondochi Ulug‘bek Rashidov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sport | 11:00 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Har yakshanba kunlari Toshkentdan Maldivga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar
O‘zbekiston | 09:00 / 11.07.2025
-
Toshkentda Lacetti haydovchisi Cobalt’ga “dubinka” bilan hujum qildi
Jamiyat | 10:37
-
Toshkent propiskasining ochilishi, avtoterroristlarga chora va poraxo‘rlik “xit-paradi” - hafta dayjesti
O‘zbekiston | 10:00
-
Toshkentda 7 bola cho‘kishi ikki oy davomida turli kunlarda ro‘y bergan
Jamiyat | 09:42
Mavzuga oid

18:36 / 27.04.2024
Issiqlik elektr stansiyalaridagi davlat ulushi sotiladi

22:30 / 27.10.2023
Kuz-qish mavsumida IES tomonidan 27,6 mlrd kVt·soat elektr energiyasi ishlab chiqarish rejalashtirilgan

10:37 / 21.02.2023
“Issiqlik elektr stansiyalari” AJning 2022 yil natijalari e’lon qilindi

19:00 / 19.01.2023