Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Moskvada Stalinning limuzini o‘g‘irlab ketildi

Foto: Artem Korotayev / TASS
Moskvadagi garajdan 1949 yilda sobiq ittifoq yetakchisi Iosif Stalin yurgan ZIS-115 limuzini o‘g‘irlab ketildi. Bu haqda Baza nashri o‘z Telegram-kanalida ma'lum qilgan.
Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, 6 nafar o‘g‘ri garajga yashirincha kirib, noyob mashinani evakuatorga ortib, noma'lum yo‘nalishda olib ketgan. Hujjatlarga ko‘ra, avtomobil ukrainalik oligarx Ruslan Tarpanning xavfsizlik xizmati boshlig‘iga tegishli bo‘lgan.
ZIS-115 sobiq ittifoqda ishlab chiqarilgan zirhlangan avtomobil bo‘lib, 1949-1955 yillarda Stalin nomidagi zavodda ishlab chiqarilgan. Hammasi bo‘lib ushbu mashinadan 56 dona chiqarilgan. Avtomobil birinchi navbatda Stalinga hamda sobiq ittifoq rahbarlariga mo‘ljallangan bo‘lgan.
Avtomobillarning aksariyatidan maxsus garajda foydalanilgan. Keyinroq ushbu model Yevropa va Osiyoning sobiq ittifoq bilan do‘stona munosabatlarda bo‘lgan ko‘plab davlatlari yetakchilari garajidan joy olgan. Ushbu mashinaning eng oxirgi nusxasi maxsus garaj tizimidan 1994 yilda chiqarilgan.
Tavsiya etamiz
Urushga tayyor Jo‘laniy, taksidagi Pizishkiyon – hafta dayjesti
Jahon | 12:00
Lyov yoki Kapadze. Milliy jamoa boshqaruvida o‘zgarish qilish kerakmi?
Sport | 11:30
Odamlar eng tez va sekin qariydigan mamlakatlar aniqlandi
Jahon | 21:57 / 17.07.2025
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina
Jamiyat | 13:40 / 16.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekistonda 2026 yildan AI-80dan to‘liq voz kechiladi: bozorda defitsit yuzaga kelmaydimi?
O‘zbekiston | 12:22
-
Urushga tayyor Jo‘laniy, taksidagi Pizishkiyon – hafta dayjesti
Jahon | 12:00
-
Lyov yoki Kapadze. Milliy jamoa boshqaruvida o‘zgarish qilish kerakmi?
Sport | 11:30
-
Uyda o‘tirib ham pul topish mumkin: imkoniyatlar ko‘p, faqat xohish kerak
Jamiyat | 11:09
Mavzuga oid

10:05 / 08.07.2025
Rossiyada Stalinni oqlash avj oldi. Kommunistik partiya Xrushchyovning mashhur ma’ruzasini xatoga chiqardi

17:05 / 12.01.2025
O‘z fikri, pozitsiyasi yo‘q xodimlar sinfi – Stalin qurgan tuzum haqida

10:30 / 12.10.2024
Rossiyada Stalinga haykal qo‘yiladi

14:49 / 24.03.2024