O‘zbekiston 2019 yilning yanvar-noyabr oylarida 2018 yilning shu davriga nisbatan oltin eksportini 2,8 baravarga oshirdi. Bundan Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlari darak bermoqda.
2019 yil yanvar-noyabr oylarida O‘zbekiston 4,4 milliard dollarlik oltin eksport qildi.
Shu bilan birga, eksport tarkibida oltinning ulushi 27,3 foizni tashkil etdi.
Ta'kidlab o‘tish joizki, so‘nggi yillarda O‘zbekiston oltin eksportini oshirdi. Oltin eksporti 2015 yilda 823,9 million dollardan, 2016 yilda 738,2 million dollardan, 2017 yilda 1,6 milliard dollardan va 2018 yilda 2,91 milliard dollardan ortiqroqni tashkil etdi.