Suvning haddan ko‘p iste'moli organizm uchun xavfli ekani ma'lum qilindi 

Light 22:33 / 22.12.2019 16461

Suvning haddan ko‘p iste'moli oqsilning parchalanishi darajasini oshiradi va organizmdan vitaminlar hamda foydali mikroelementlarning yuvilib ketishiga olib keladi. Bundan tashqari, bunda yurak-tomir va siydik chiqarish tizimi zo‘riqadi. Bu haqda rossiyalik mutaxassis, tibbiyot fanlari doktori Alla Pogojyeva ma'lum qildi.   

Mutaxassis suyuqlik iste'moli me'yori kuniga 2,5 litrni tashkil qilishini eslatib o‘tgan. Bu hajmdan bir litrini ovqatlanish vaqtida turli mahsulotlardan olamiz, qolgani esa erkin suyuqlik, misol uchun sho‘rva va sut hisobiga to‘ldiriladi.

“Qattiq yegulikda bo‘lmagan ushbu ichimliklar, shuningdek, qahva, qora choy va boshqalar ratsion tarkibiga erkin suyuqlik ko‘rinishida kiradi va kuniga 1500-2000 mlni (6-8 stakan) tashkil qilishi lozim”, deb aytgan Pogojyeva.

Olimaning ta'kidlashicha, ichimliklar ta'mi ham muhim rol o‘ynaydi. Misol uchun, nordon morslar, ko‘k choy, kvas va mevalardan tayyorlangan ichimliklar so‘lak ajralishini qo‘zg‘atib, tashnalik hissini kamaytiradi.  

Ko‘proq yangiliklar: