22 dekabr kuni GRP amaliyotidan so‘ng Qulbishkek-36 va Doya Xotin-75 konlaridagi ikkita quduqning kunlik debiti 170 ming kub.m gacha ko‘paydi.
Qulbishkek-36 qudug‘ining kunlik debiti 0 dan 50 ming kub.m gacha ortdi.
Doya Xotin-75 qudug‘ining kunlik debiti 70 mingdan 120 ming kub.m gacha ortdi.
Quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha gaz quvurlari qurilishi davom etmoqda:
- «Tandircha YP - Sho‘rtanneftgaz» (45 km);
- «Chigil YP - Muborak GQIZ» (110 km);
- «Talimarjon YP - Sho‘rtanneftgaz» (8 km).
Ishlar tunu-kun mezonida olib borilmoqda.
22 dekabr holatiga ko‘ra jami:
- Keltirish uchun yuklangan quvurlar – 52,8 ming tn;
- Keltirilgan quvurlar – 33,6 ming tn;
- Kavlangan zovurlar – 96,7 km;
- Qatorga payvandlangan quvurlar – 124,1 km;
- Yotqizilgan quvurlar – 77,4 km ni tashkil etdi.
EPSILON kompaniyasi Matbuot xizmati