Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi O‘zbekistonda biznes yuritish sharoitlarini yaxshilash maqsadida tadbirkorlar orasida anonim tarzda so‘rov o‘tkazmoqda.
Anonim tarzda o‘tkazilayotgan so‘rovning asosiy maqsadi tadbirkorlarning o‘z faoliyatida to‘qnashayotgan muammolarni aniqlashdan iborat.
So‘rov natijalari xalqaro ekspertlar tomonidan tahlil qilinadi. Olingan ma'lumotlar orqali hamda so‘rovda ishtirok etgan har bir befarq bo‘lmagan tadbirkorning faolligi tufayli hududlarda biznes muhitni yaxshilash va O‘zbekistonga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilishni rag‘batlantirish bo‘yicha ishlar olib boriladi.
So‘rov birinchi navbatda, tadbirkorlikni qo‘llab quvvatlashga yo‘naltirilgan bo‘lib, biznesni rivojlantirish manfaatlarida o‘tkaziladi.
Anonimlik kafolatlanadi.
Quyidagi havola orqali o‘tib so‘rovda qatnashish mumkin: https://forms.gle/LVS1hHbfgNoe43Nv6