O‘zmilliybank va «Frontera Capital» (Buyuk Britaniya) 953 milliard so‘m miqdorida bitim imzoladi

Iqtisodiyot 15:57 / 19.12.2019 4862

2019 yilning 14 dekabr kuni O‘zbekiston Milliy banki «Frontera Capital» (Buyuk Britaniya) investitsiya kompaniyasi bilan kichik va o‘rta biznes loyihalarini moliyalashtirish uchun milliy valutada 953 milliard so‘m (100 million AQSh dollari ekvivalenti) miqdorida mablag‘ jalb qilish uchun kelishuv imzoladi.

Ushbu bitimning asosiy afzalliklari:

  • xalqaro moliyaviy mexanizmlardan foydalangan holda mablag‘ jalb qilish;
  • so‘mni moliyalashtirishning yanada qulay shartlari;
  • uzoq muddatli mablag‘larni jalb qilish (7 yilgacha);
  • ushbu mablag‘lardan kichik va o‘rta biznes loyihalarini, shuningdek, chakana moliyalashtirish loyihalarida foydalanish mumkin.

Bundan tashqari, ushbu kelishuv rivojlanayotgan bozorlarda xalqaro moliya institutlari bilan ko‘p yillik ish tajribasiga ega bo‘lgan «Frontera Capital» investitsiya kompaniyasi bilan hamkorlikni kengaytirish uchun yangi imkoniyatlarni taqdim etadi.

Ushbu mablag‘lar O‘zmilliybank nomidan xalqaro kapital bozoriga kredit notalarini chiqarish orqali jalb qilindi, bu esa o‘z navbatida O‘zmilliybankka jahon kapital bozoridagi ijobiy obro‘sini mustahkamlashga imkon beradi va xalqaro investorlarning qiziqishini uyg‘otadi.

Ma'lumot o‘rnida: «Frontera Capital» (Buyuk Britaniya, BAAda vakolatxonalari bor) bu milliy valutada uzoq muddatli moliyalashtirishni ta'minlash, ham kreditorlar, ham qarz oluvchilar uchun valutani xedjirlash instumentlariga ixtisoslashgan investitsiya kompaniyasi. Shuningdek, u rivojlanayotgan mamlakatlarda zayomlar va obligatsiyalarning ikkilamchi bozorini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlaydi. 2014 yildan buyon «Frontera Capital» 40 ta rivojlanayotgan mamlakatlarda umumiy qiymati 1,5 milliard AQSh dollariga teng bo‘lgan suveren va korporativ zayomlarni strukturaladi va tashkil qildi.

O‘zmilliybank Matbuot xizmati

Ko‘proq yangiliklar: