Toshkentda «Neksiya» ta'mirlash xizmatlari tomonidan qazilgan chuqurlikka tushib ketdi

Foto: Toshkent shahar IIBB axborot xizmati
Joriy yilning 14 dekabr kuni taxminan soat 19:10da Mirzo-Ulug‘bek tumanidagi Oltintepa ko‘chasida yo‘l-transport hodisasi ro‘y berdi.
Toshkent shahar IIBB xabariga ko‘ra, “Neksiya” rusumli avtomobilning 39 yoshli haydovchisi B.E. boshqaruvni qo‘ldan chiqargan. Natijada, avtomobil ogohlantiruvchi belgilarni va to‘siqlarni chetlab, ta'mirlash xizmatlari tomonidan qazilgan chuqurlikka tushib ketgan.
Hodisa tufayli hech kim jabr ko‘rmadi.
“Neksiya” haydovchisining gaplariga qaraganda, YTHga yo‘lda avariyaviy vaziyatni yuzaga keltirgan boshqa avtomobil sabab bo‘lgan, ammo o‘sha transport vositasi rusumini yoki davlat raqamini eslab qololmagan. Ushbu faktni tekshirish bo‘yicha choralar ko‘rilmoqda.
Bildirilishicha, chuqurlik qazilishiga sabab bo‘lgan gaz o‘tkazgichning ta'mirlash ishlari ancha vaqtdan beri olib borilmoqda. Ilgariroq (22 noyabr kuni), ta'mirlash brigadasi rahbariga nisbatan YHXB xodimlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 147-moddasi bo‘yicha, ya'ni ishlar olib borilgan joyda qoidalarga muvofiq ogohlantiruvchi belgilar o‘rnatilmaganligi sababli bayonnoma rasmiylashtirilgan.
Tavsiya etamiz
«Ba’zilar uchun genotsid daromadli» - BMT eksperti butun dunyoni Isroil bilan savdoni to‘xtatishga chaqirdi
Jahon | 18:56 / 04.07.2025
40 daraja issiq: bunaqa paytda xodimlar qanday huquqlarga ega?
Jamiyat | 17:15 / 03.07.2025
Issiqdan qanday saqlanish kerak? – JSST tavsiyalari
O‘zbekiston | 16:06 / 02.07.2025
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
Mavzuga oid

22:35 / 05.07.2025
Toshkentda tilanchilik bilan shug‘ullangan 70 kishiga ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi

11:06 / 05.07.2025
Atirau-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha aviareyslar yo‘lga qo‘yiladi

14:31 / 04.07.2025
Toshkent metrosining 13 ta bekatida vestibyulning bir tomonidagi kassa yopildi

19:49 / 03.07.2025