O‘zbekistonda soliq tushumlari miqdori bir yilda 1,5 barobarga oshdi

Iqtisodiyot 22:12 / 17.12.2019 12496

2019 yil davomida davlat budjetiga soliq tushumi miqdori 2018 yilga nisbatan 155 foizga oshgan. Bu haqda Davlat soliq qo‘mitasi raisi Behzod Musayev ma'lum qildi, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.

Musayevning so‘zlariga ko‘ra, qo‘mita oldiga qo‘yilgan yillik reja – 75 trln. so‘m muddatidan oldin, dekabr oyi boshidayoq bajarib bo‘lingan.

«Bundan tashqari yana 8 trln. so‘mlik qo‘shimcha yig‘im rejalashtirilgan va bu ham yil yakuniga qadar bajariladi», – dedi DSQ raisi seshanba kuni matbuot anjumanida.

Uning qayd etishicha, Pensiya jamg‘armasiga 19 trln. so‘mlik tushum rejalashtirilgani holda yil 25 trln. so‘m tushum bilan yakunlanmoqda, ya'ni jamg‘arma yangi yilni zaxira bilan boshlaydi.

Qo‘mita rahbari tizimdagi xodimlar haqida gapirar ekan, soliq organlariga ishga kirishda tanish-bilishchilikka chek qo‘yilganini aytdi.

«Hozirgi kunda soliq tizimida 12 ming nafardan ortiq xodim ishlayotgan bo‘lsa, ularning 33 foizining yoshi 30 yoshgacha. Ayollar 6 foizdan 20 foizgacha oshgan. Joriy yil davomida ishga qabul qilingan 600 nafardan ortiq xodimlarning aksariyati sayt orqali berilgan e'lonlar orqali jalb qilingan, ya'ni oldingidek tanish-bilishchilikka chek qo‘yilgan.

Yana 994 nafar talabgorning ma'lumotlari o‘rganilmoqda. 217 nafar xodim turli davlatlarda malaka oshirib kelgan bo‘lsa, 1195 nafari tizimdan chetlatilgan», – dedi Behzod Musayev.

Uning qo‘shimcha qilishicha, DSQning uzluksiz ishlovchi koll-markazlariga yil boshidan buyon 98600ta murojaat qayd qilingan.

Ko‘proq yangiliklar: