O‘zsanoatqurilishbank «Sumitomo Mitsui Banking Corporation» bilan 100 mln. AQSh dollarilik hamkorlik kelishuvini imzoladi

O‘zbekiston 16:33 / 16.12.2019 8823

2019 yil 16 dekabr kuni Tokio shahrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Yaponiyaga davlat tashrifi arafasida tashkil qilingan O‘zbekiston va Yaponiya ishbilarmon doiralarining biznes-forumi doirasida O‘zsanoatqurilishbank «Sumitomo Mitsui Banking Corporation» bilan qiymati 100 mln. AQSh dollarilik hamkorlik kelishuvini imzoladi.

Mazkur hujjat savdoni moliyalashtirish, g‘aznachilik operatsiyalari, O‘zbekistonda kichik va o‘rta biznes loyihalarini moliyalashtirish kabi sohalarda banklararo hamkorlikni rivojlantirishni nazarda tutadi.

Yaponiya banki moliyalashtirish liniyasi O‘zsanoatqurilishbankka Yaponiya va boshqa mamlakatlardan texnologik uskunalar va xizmatlarni import qilishni ko‘zda tutadigan loyihalarni moliyalashtirish bo‘yicha resurs bazasini kengaytirish imkonini beradi. Qayd etish joizki, Yaponiya banki tomonidan O‘zsanoatqurilishbank mijozlariga tovarlar va xizmatlar eksport-oldi moliyalashtirilishi uchun resurs taqdim qilinishi ham ushbu kelishuvda ko‘zda tutilgan.

Ma'lumot uchun. “Sumitomo Mitsui Banking Corporation” va uning kompaniyalar guruhi ham Yaponiya hududida, hamda uning tashqarisida ko‘plab moliyaviy xizmatlar ko‘rsatadi. Korporatsiya faoliyati korporativ va chakana bank xizmatlari, xalqaro kapital bozori, venchur kapitali va qimmatli qog‘ozlar xizmatlarini o‘zida qamrab olgan.

Korporatsiya qarorgohi Chiodo, Tokioda joylashgan bo‘lib, 38 davlatda 72 bo‘linmasi faoliyat ko‘rsatadi. Tashkilotda 70 mingga yaqin odam ishlaydi. 2018 moliyaviy yil yakunlariga ko‘ra, bankning umumiy aktivlari 1 trln. 835 mlrd. dollarni, umumiy daromadi esa 7 mlrd 140 mln dollarni tashkil etdi.

Bank axborot xizmati
Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: