Moskva Zelenskiy Donbassdagi urushni to‘xtatishi uchun zarur bo‘ladigan choralarni aytib o‘tdi

Jahon 04:07 / 16.12.2019 17202

Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov “Birinchi kanal”ning “Bolshaya igra” (“Katta o‘yin”) dasturida Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Donbassdagi harbiy ixtilofni hal qilish uchun bajarishi kerak bo‘lgan shartlarni ma'lum qildi.  

“Zelenskiy ixtilofni chin dildan hal qilishni istamoqda, biroq bu irodali bo‘lishni, siyosiy obro‘ va Ukraina siyosiy maydonida yetakchi bo‘lishni talab etadi”, deb aytgan Peskov. Uning ta'kidlashicha, Ukraina prezidenti “urush partiyasi”ga kirmaydi.

Peskov Zelenskiyning avvalroq Minsk kelishuvlariga o‘zgartirishlar kiritish kerakligi haqidagi so‘zlariga to‘xtalib, bu Kiyev va o‘z mustaqilligini e'lon qilgan Donetsk va Lugansk xalq respublikalarining birgalikdagi hamkorligidagina mumkinligini aytgan.  

9 dekabrda Parijda Rossiya, Ukraina, Germaniya va Fransiya yetakchilari ishtirokida Donbass bo‘yicha “normand to‘rtligi” sammiti bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv yakunlariga ko‘ra, tomonlar Ukraina sharqidagi vaziyatni tartibga solish bo‘yicha hujjatni imzolashdi. Bundan tashqari, Putin va Zelenskiy alohida uchrashuv o‘tkazib, o‘zaro ushlab turilgan shaxslarni yil oxirigacha “barchani barchaga” shaklida ayirboshlashga va gaz masalasiga oydinlik kiritishga kelishib olishgan.      

Ko‘proq yangiliklar: