La Liga. «Real» «Mestalya»da kechgan «jang»da mag‘lubiyatdan qutulib qoldi

Sport 03:09 / 16.12.2019 8871

Ispaniya La Ligasi 17-turining markaziy bahsida «Real» «Mestalya»da «Valensiya» mexmoni bo‘ldi va mag‘lubiyatdan qutulib qolishga erishdi.

O‘yinning 78-daqiqasida Karles Soler tomonidan kiritilgan to‘pga, 95-daqiqada Karim Benzema javob berdi.

Durangdan so‘ng «Real» ochkolarini 35taga yetkazib, «El Klasiko» oldidan «Barselona» bilan bir xil ochkoga ega bo‘ldi. «Valensiya» esa 27 ochko bilan 7-o‘ringa chiqib oldi.

La Liga, 17-tur

Valensiya – Real 1:1
15 dekabr, «Mestalya»
Gollar: Soler (78) – Benzema (90+5).
Valensiya: Domenek, Gayya, Kosta (Manu Valexo, 61), Paulista, Vass, Parexo, Koklen (Kondogbia, 83), Ferran Torres (Dyakabi, 90), Soler, Garay, Rodrigo.
Real: Kurtua, Ramos, Nacho, Karvaxal, Varan, Valverde, Kroos, Isko (Vinisius, 69), Modrich (Yovich, 81), Rodrigo (Beyl, 69), Benzema.
Ogohlantirishlar: Soler (38), Karvaxal (77).

Ko‘proq yangiliklar: