Eng kuchli davlatlar reytingi e'lon qilindi

Jahon 15:45 / 16.12.2019 39250

U.S.News jurnali «jahonning eng kuchli mamlakatlari» reytingini e'lon qildi. Unda birinchi o‘rinni AQSh egalladi. 

Ikkinchi o‘ringa Rossiya, uchinchi o‘ringa Xitoy joylashdi.

Reytingni tuzishda YaIM, aholi soni, aholi jon boshiga YaIM ko‘rsatkichi, yangiliklarda ko‘p tilga olinishi, global iqtisodiy masalalardagi ishtiroki kabi ko‘rsatkichlar hisobga olingan.

Analitiklarning fikricha, «agar kuchli davlat biror va'da bersa, jahon hamjamiyatidagilarning ayrimlari u va'dasi bajarishiga ishonishadi».

U.S.News Slovakiya, Sloveniya va Boltiqbo‘yi mamlakatlarini 2019 yilda eng kam ta'sirga ega bo‘lgan davlatlar deb topdi.

Ko‘proq yangiliklar: