Aktam Hayitov: «Sayyohlar ko‘p tashrif buyuradigan hududlarda ko‘ngilochar maskanlarni ko‘paytirish kerak»

O‘zbekiston 16:42 / 16.12.2019 6810

O‘zbekiston Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasining «Zarafshon» zali Media hall’ida «Yangi O‘zbekiston - yangi saylovlar» munozara klubining navbatdagi tadbiri bo‘lib o‘tmoqda.

Unda siyosiy partiyalar debati o‘tkazilmoqda. Tadbirda tarixiy madaniy merosni asrab-avaylash, O‘zbekistonning xalqaro imiji, turizmni rivojlantirish, bag‘rikenglik g‘oyasini targ‘ib qilish masalalari bo‘yicha fikr almashilmoqda.

O‘zLiDeP Siyosiy kengashi ijroiya qo‘mitasi raisi Aktam Hayitovga ko‘ra, turistlar ko‘p tashrif buyuradigan hududlarda ko‘ngilochar maskanlarni ko‘paytirish kerak.

«Kim dam olishni xohlamaydi? Hamma xohlaydi. Biz ziyorat turizmi, ovqat turizmi kabi sohalarni rivojlantirishimiz kerak. Barcha uchun qulay sharoit yaratish shart. Bu masalada Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi ham ishlashi zarur.

Sayyohlar ko‘p tashrif buyuradigan hududlarda ko‘ngilochar maskanlarni ko‘paytirish kerak. Ular muqaddas qadamjolar joylashgan yerdan alohida, maxsus hududlarda barpo etilishi lozim», - deydi Aktam Hayitov.

Ko‘proq yangiliklar: